ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet8/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
10-rasm. Temir — uglerod qotishmalarining holat diagrammasi.



ACD chizig‘i likvidus chizig‘i bo‘lib, uning yuqorisida joylashgan hamma qotishmalar suyuq holatda, AECF chizig‘i esa solidus chizig‘i bo‘lib, undan pastda joylashgan hamma qotishmalar qattiq holatda bo‘ladi.
Chiziqlarning tavsifi diagramma murakkab ekanini, ya’ni 1 va 2 tipdagi diagrammalar yig‘indisidan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Bu yerda A nuqtadan E nuqtagacha 2 tipdagi va E dan F gacha 1 tipdagi diagrammalardir. Sovish jarayonida ara- lashmadagi uglerod miqdoridan qat’i nazar, AS chizig‘i bo‘ylab suyuq aralashmalardan qattiq eritmaning birinchi kristallari paydo bo‘la boshlaydi, bu austenit deb yuritiladi.
Demak, ACE hududida aralashma ikki fazadan iborat bo‘lib, suyuq aralashma va austenitdan tashkil topgan.
CD chizig‘i bo‘yicha suyuq aralashmadan qattiq sementit- ning kristallari paydo bo‘la boshlaydi. 6,67 % C li sementitning bir qancha kristallari paydo bo‘lib, S nuqtada suyuq aralash- madagi qolgan sementit kristallanadi va evtektik aralashma hosil qilib (4,3 % S), 1147 °C da qotadi. Demak, ECF chizig‘ida sementit to‘la qotib bo‘ladi. CFD hududi ikki fazali aralash­madan iborat bo‘lib, suyuq qotishma va sementitdan iborat. C nuqtada (4,3 % C) bir vaqtning o‘zida austenit va sementit kristallanib, evtektika, ledeburit hosil qiladi. Ledeburit tarki­bida 2,14—6,67 % C bo‘lgan hamma qotishmalarda mavjud bo‘ladi va bu qotishmalar cho‘yan deb yuritiladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling