ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet16/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
13-rasm. Po‘lat tarkibiga kiruvchi elementlarning belgilanishi.





14-rasm. H12M po‘latining tarkibiy tuzilishi.



miqdorini ko‘rsatadi. Harflardan keyingi raqamlar legirlovchi elementning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi.
13- rasmda po‘lat tarkibiga kiruvchi elementlarning belgila- nishi keltirilgan.
Agar elementning miqdori 1 % dan kam yoki unga teng bo‘lsa, u holda raqam bo‘lmaydi.
Yuqori sifatli po‘latlarda belgining oxirida A harfi turadi. Masalan, tarkibida 0,28—0,35 % S, 0,8—1,1 % Cr, 0,9—1,2 % Mn, 0,8—1,2 % Si bo‘lgan po‘lat 30HGSA tarzida belgilanadi.
Murakkab legirlangan asbobsozlik po‘latlarini markalash konstruksion po‘latlarni markalashdan birmuncha farq qiladi. Masalan, H12M po‘lati tarkibida 1,45—1,70 % S, 11—12,5 % Cr, 0,5—0,8 % Mo bo‘ladi (14- rasm). Sharchali podshipniklar yasaladigan po‘latlar SH harfi bilan, tezkesar po‘latlar P harfi bilan belgilanadi.

  1. Legirlangan po‘latlarga termik ishlov berish

Davlat standartiga kiritilmagan po‘latlarning tajriba mar- kalari EI, EP, DI harHari va tartib raqam bilan belgilanadi. Masalan, EI 956, EI 958, EP 478, DI 22, DI 42 va hokazo.
Legirlovchi temirning allotropik o‘zgarishlari faqat haro- ratgagina emas, balki qizdirish va sovitishda po‘latda sodir bo‘ladigan singish (diffuziya) jarayonlarining borish tezligiga ham ta’sir etadi. Shu sababli legirlangan po‘latga termik ishlov berish rejimlari oddiy uglerodli po‘latga ishlov berish rejim- laridan farq qiladi.
Legirlangan po‘latlarga termik ishlov berishda legirlovchi elementlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, qizdirish tezligi shun­cha past bo‘lishi kerak. Legirlovchi elementlarning hammasi (kobaltdan tashqari) po‘latning issiqlik o‘tkazuvchanligini yomonlashtiradi, shu sababli sirtidagi va ichkarisidagi harorat- lar farqi kattaligi tufayli detallar tob tashlamasligi, ichki darz- lar va boshqa nuqsonlari bo‘lmasligi uchun legirlangan po‘- latlardan tayyorlangan detallar uglerodli po‘latlardan tay- yorlangan detallarga qaraganda ancha sekin va bir tekis qiz- diriladi.
Legirlangan po‘latlarning sovish tezligi talab etiladigan mexanik xossalariga bog‘liq bo‘ladi, lekin uglerodli po‘latlarning sovish tezligiga qaraganda doimo ancha past bo‘ladi. 15- rasmda


0 200 400 600 800
Bo‘shatish harorati, °C




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling