ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet2/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element - lardan toza bo‘lgan);

murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida bir necha elementlarning birikmasi bo‘lgan).
D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan ortiq kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar, qolgani esa metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe) bo‘lib, uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qora metallardir (1-rasm). Qurilishning barcha sohalarida, mashina va mexanizmlarni tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi. Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar guruhiga kiradi. Rangli metallardan mis (Cu), aluminiy (Al), magniy (Mg), titan (Ti), qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay (Sn) va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar hisoblanadi. Ularning barchasi texnik ahamiyatga ega.
Materiallar 2-rasmda ko‘rsatilganidek tasniflanadi.


1-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan asosiy metallar.



2-rasm. Materiallarning tasniflanishi.



Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga harakat qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoat­da xrom (Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko- balt (Co) ham ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metal- larning xususiyatlarini yaxshilash uchun, ularga ma’lum xu- susiyatlar berish uchun qo‘shimcha material sifatida qo‘shila- di. Misol uchun V, W, Ti va Co lardan qirqish asboblari tayyorlashda foydalaniladi.
Sanoatda va texnikada metall qotishmalari keng tarqalgan bo‘lib, ularning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori turadi va pishiq, talabga javob beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan mis va aluminiy keng ishlatiladi, ulardan elektr simlari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Kremniy (Si) turli xil metall qotishmalarini olishda ish- latiladi. Metallarni jilvirlash, silliqlashda kremniy karborundi (SiC) dan foydalaniladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling