Takrorlash uchun savollar
Qanday yumshatish turlari mavjud?
Qanday toblash usullari bor?
Po‘latdagi o‘zgarishlarga legirlovchi elementlar qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Legirlangan po‘latlar qanday tasniflanadi va markalanadi?
Asbobsozlik po‘latlariga qanday termik ishlov beriladi?
Korroziyaning ma’nosi nima?
Korroziyani oldini olishning qanday usullari bor?
IV BOB
METALLMAS KONSTRUKSION MATERIALLAR
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
metallmas materiallar;
polimerlar, ularning turlari va xossalari;
konstruksion polimerlar;
plastmassalar, ularning xossalari, tarkibi va turlari;
rezinalar va shishalar;
sopol (keramik) materiallar;
kompozitsion materiallar va ularni ishlab chiqarish usullari;
metall asosidagi kompozitsion materiallar;
polimer asosidagi kompozitsion materiallar.
Metallmas konstruksion materiallarning tasnifi
Hozirgi zamon mashinasozligining rivojlanishi keng ko‘lam- larda har xil metallmas konstruksion materiallarni qo‘llash bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular sanoatda keng o‘rin ol- moqda (17-rasm). Ularga yog‘och, rezina, rezinali to‘qima va plastmassalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |