ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet22/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
18-rasm. Plastmassalarning fizik-kimyoviy xossalari.



tilgan bo‘lsa, hozir dastgohsozlikda, apparatsozlikda konstruk- sion material sifatida keng qo‘llanilmoqda. 18- rasmda plast- massalarning fizik-kimyoviy xossalari keltirilgan.
Mashinasozlikda ishlatiladigan termoplastik plastmassalarga: polietilen, polipropilen, polistirol, polivinilxlorid va poliamidlar kiradi.
Termoplastik materiallar issiqlik va bosim ostida plastik holatga o‘tib, kimyoviy o‘zgarishlarga aytarli bardosh bermaydi. Jarayonning o‘zgarishi qaytardir. Tayyor buyumni yana yum- shatish va qayta shakl berish mumkin.
Termoreaktiv plastmassalar issiqlik va bosim ta’sirida shakl olib, jarayon o‘zgarmas, qaytarilmas bo‘ladi. Ya’ni termoreak- tiv massalardan olingan buyumlar yumshamaydi va qayta ishla- nmaydi.
Termoreaktiv plastmassalar fenolformaldegid, karbamid smolasi, metallar asosida olinadi.
Plastmassa tarkibiga polimerlardan tashqari quyidagi kom- ponentlar ham kirishi mumkin:

  1. organik va mineral to‘ldirgichlar — kukun holida yoki tolasimon materiallar;

  2. plastifikatorlar — massaga yuqori plastiklik beradi va ishlanishni osonlashtiradi;

  3. stabilizatorlar — uzoq vaqtgacha polimerning fizik - kimyoviy xossalarini saqlovchi materiallar;

  4. rang beruvchilar — kerak bo‘lgan rangni beradi.

Yuqoridagi komponentlarning hammasini plastmassalar tarkibiga qo‘shish shart emas. Ular texnik maqsadga qarab qo‘shiladi.
Plastmassaning asosiy xossalari: solishtirma og‘irligi 2—2,3 g/sm3, ba’zan 1g/sm3; mexanik mustahkamligi 1000 kg/sm3 gacha; issiqlikka chidamliligi 70—300 °C.
Plastmassalarni ishlash usullari: prokatlash, shtamplash, presslash, bosim ostida quyish, payvandlash, kesib ishlov berish va boshqalar.
Kompozitsion termoreaktiv plastmassalar, bular polimer materiallar bo‘lib, ularning tarkibiga fenolaldegid, fenol- formaldegid, karbamid, kremniyorganik asosdagi materiallar, har xil to‘ldiruvchilar kiradi.
Kompozitsion materiallardan texnik maqsadlar uchun, ya’ni elektroizolatsion, issiqlikka chidamli, namga, kimyoviy muhitga chidamli, friksion, antifriksion, rentgen nuriga chi­damli buyumlar tayyorlanadi. Ular kukun, tabletka, granula shakllarida bo‘lishi mumkin.

    1. Polimerlar va plastmassalarga ishlov berish

Sun’iy ravishda tayyorlangan plastmassani ishlash, asosan, kukun, tabletka, granula holidagi materiallarni yumshoq-oquv- chan holatga o‘tkazib ishlashdan iborat. Buning uchun bosh- lang‘ich materialga issiqlik va bosim bilan bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatiladi. Bunday ishlash usullariga: presslash, bosim ostida quyish, ekstruziya, kalandrlash va boshqalar kiradi.
Qizdirish — yuqori chastotali tok bilan bajariladi. Plastmassa yaxshilab tozalanib, moylanadi va unga zarur miqdorda mate­rial solib qizdiriladi. Harorat +5 °C aniqlikda bo‘lib, presslash harorati avtomatlar yordamida rostlab turiladi.
Jarayon aniq haroratda materialning yumshoq-oquvchan holatga o‘tishi bilan bajariladi. Bosim asta-sekin maksimumga ko‘tariladi. Presslash vaqtida gaz va bug‘ ajralib chiqadi, shuning uchun pressni bir necha marta ko‘tarib bosish bilan gazlar chiqarib yuboriladi, aks holda yoriqlar, bo‘shliqlar hosil bo‘- lishi mumkin.
Ekstruziya usuli bilan sterjenlar, quvurlar va boshqalar olinadi.

    1. Bosim bilan presslab quyish

Sun’iy ravishda tayyorlash jarayonida bosim bilan presslab quyishda dastlabki material yumshoq-oquvchan holatga alohida qizdirish kamerasida o‘tkaziladi. Bunda puansonning bajargan ishi materialni siqish uchun xizmat qiladi.
Bosim bu yerda katta bo‘lib, 1500—2000 kg/sm2 gacha yetadi. Bu usul bilan chuqur yupqa devorli buyumlarni olish mumkin. Press-qolipning konstruksiyasi murakkab hamda material ko‘p isrof bo‘ladi. Shunga qaramasdan, murakkab konstruksiyadagi, shakldagi buyumlarni olishda ishlatiladi. Buyum olish uchun gidravlik presslardan foydalaniladi. Tayyor buyumni qolipdan chiqarish ham kichik gidravlik presslar yordamida bajariladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling