ResearchGate


Download 0.49 Mb.
bet28/30
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1062647
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
K 2= EG/(1ц2) — yassi deformatsiyalangan holati uchun, bunda ц — Puasson koeffitsiyenti (metallar uchun —0,3). Yassi zo‘riqqan holatda namunaning qalinligi bo‘yicha zo‘riqish bo‘lmaydi. Yemirilishga siljish sabab bo‘ladi.
Yassi deformatsiyalangan holat uchun namunaning qalinligi bo‘yicha deformatsiyaning yo‘qligi xos bo‘lib, yemirilish uzilish yo‘li bilan yuz beradi.
Yemirilish qovushoqligiga sinashda diagrammalar tuziladi, ular darz uzunligi kattalashishining qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
K kattalikdan hisoblashda foydalaniladi. Uning qiymatini bilgan holda, yemiruvchi zo‘riqishlar qiymatini darzning shakli va uzunligiga qarab aniqlash va, aksincha, detaldagi ish zo‘riqishni bilgan holda darzning yemirilish sodir bo‘lgan uzunligini oldindan aytish mumkin. O‘z-o‘zidan yemirilishga o‘tish paytidagi zo‘riqishlar intensivligi koeffitsiyentining qiymati Ku (yassi zo‘- riqish sharoiti uchun) yoki K1u (yassi deformatsiyalanish sha- roiti uchun) bilan belgilanadi va zo‘riqishlar intensivligining kritik koeffitsiyenti deyiladi. K1u koeffitsiyent yirik namunalarda
aniqlanadi. Namunaning qalinligi amalda quyidagi nisbatni qanoatlantirishi kerak: b > 2,5* (K1u / a 02)2.
Qattiqlikni Vikkers usuli bilan o‘lchash (olmos piramidaning uchini botirish)
Vikkers usulida juda yumshoq va qattiq metallarning qattiq- ligini aniqlash mumkin. Bu usulda namunaga uchlaridagi burchak 136° bo‘lgan piramida bosiladi. Bosiladigan kuch 550—1200 N gacha. Izning o‘lchami asbobning o‘zidagi mikroskop yordamida aniqlanadi.
Yemirilish qovushoqligi. Yemirilish qovushoqligini sinash metallarning qovushoqligi haqida ancha to‘liq axborot beradi. U darzlar uchiga tushadigan zo‘riqishlar intensivligi koeflitsiyenti K ning qiymati yoki darzning uzunlik birligiga siljishi uchun zaruriy kuch G bilan tavsiflanadi; K va G bir-biri bilan quyidagi nisbatlar orqali bog‘langan: K2 =EG — yassi zo‘riqqan holat uchun.

  1. Metallarni cho‘zilishga sinash

Sinashning bu turi keng tarqalgan. Sinash uchun standart namunalar olinadi. Sinov mashinalari cho‘zilish diagram- malarini, ya’ni namuna uzunligining qo‘yilgan nagruzkaga bog‘liq ravishda o‘zgarishini yozib boradigan asboblar bilan jihozlangan.
Sinashning boshlanishida nisbatan kichikroq yuklamalar qo‘yilganda namunaning cho‘zilishi biror Rpts kuchgacha namu- naga mutanosib bo‘ladi. Bu yuklamada vujudga keladigan zo‘- riqish mutanosiblik chegarasi deyiladi:
a pts=^pts/^0 .
Mutanosiblik chegarasidan ortib ketmaydigan zo‘riqishlar faqat elastik deformatsiyani keltirib chiqaradi, u nagruzka olin- gandan keyin yo‘qoladi. Shu sababli mutanosiblik chegarasi amalda elastiklik chegarasi bilan tenglashtiriladi.
Ko‘pincha elastiklik chegarasi dastlabki uzunligidan qoldiq deformatsiya hosil bo‘ladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi. Masa­lan, 0,01 % (a0 01), 0,02 % (a0 02).
Elastiklik chegarasi muhim xususiyat hisoblanadi, chunki metallning kichik plastik deformatsiyalarga qarshiligini belgilaydi.
Yuklama Rpts dan ortganda yuklama bilan cho‘zilish orasidagi chiziqli bog‘lanish buziladi. Rpts ning biror qiymatida diagrammada gorizontal maydonchani kuzatish mumkin, u yuklama ko‘pay- masdan, metall cho‘zilayotganini (oqayotganini) ko‘rsatadi.
Oquvchanlikning gorizontal maydonchasi texnik temir cho‘zilishida juda yaqqol kuzatiladi, aksariyat metallarda esa unchalik yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Metallning ixtiyoriy oqishi sodir bo‘ladigan zo‘riqish oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu holda oquvchanlik chegarasi (shartli) namunani qoldiq cho‘- zilishga duchor qiladigan zo‘riqish sifatida aniqlanadi, qoldiq cho‘zilish dastlabki hisoblab topilgan uzunlikning 0,2 % iga teng bo‘ladi (a0 2). Oquvchanlik chegarasi mashinasozlikda joiz zo‘riqishni hisoblashda qo‘llaniladi.
Ancha katta yuklamalarda metall kuchliroq plastik defor- matsiyalanadi va yemiriladi. Yuklamaga muvofiq keladigan, metallning yemirilishiga sabab bo‘ladigan zo‘riqish mustah­kamlik chegarasi deyiladi. Cho‘zilishga sinashda namunaning ayrim joylari plastik deformatsiyalanadi, bu esa nisbiy uzayish va nisbiy torayishni aniqlashga imkon beradi.
Nisbiy uzayish b namuna uzilgandan keyin ortgan uzun- ligining dastlabki hisoblab topilgan uzunligi l0 ga nisbatidan iborat bo‘lib, foizlarda ifodalanadi:
b = [(1-/0)/1q]100
bunda l — namunaning uzilgandan keyingi uzunligi.
Nisbiy torayish deganda, uzilgan namuna ko‘ndalang kesi­mining dastlabki ko‘ndalang kesimiga nisbati tushuniladi, u foizda ifodalanadi: Y= [(F0—Fk)/F0] 100, bunda Fk — uzilgan joydagi ko‘ndalang kesim yuzi. Plastik materiallar uchun uzilishga qarshilik tavsifi bo‘lib haqiqiy mustahkamlik chegarasi xizmat qiladi: Sk=PklFk, bunda: Sk — yemirilish paytidagi haqiqiy zo‘riqish (MPa); Rk — yemirilish paytidagi kuch (N); Fko — uzilish joyidagi kesim yuzi (m2).
Mo‘rt materiallar siqilishga (cho‘yan), egilish va buralishga (toblangan asbobsozlik va konstruksion po‘latlar) statik sinov- dan o‘tkaziladi.






Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling