Respublihasi
Rangli TV xignallarini ketma-ket va bir vaqtda uzatixh
Download 1.09 Mb.
|
48236 (1)
Rangli TV xignallarini ketma-ket va bir vaqtda uzatixhRangli TV tizimi ranglarni uzatish va ko‘rsatish prinsipi bo‘yicha 2 sinfga bo‘linadi: ketma-ket (navbat bo‘yicha) va bir vaqtda. Hetma-ket uzatuvchi tizimlar. 7.6-rasmda ko‘rsatilgan bunday tizimlarning ishlash prinsipi ranglilik, kadr va satr signallari yoki elementlarini ketma-ket uzatishga asoslanadi. 7.5-rasm. RT yorug‘likdan yorug‘likkacha traktining tuzilish sxemasi. Uzatish kamerasi
Uzatuvchi kamera yorug‘likni ajratish tizimidan tashkil topgan. U yorug‘lik oqimini (F0) uchta tashkil etuvchi qizil FR0, yashil FG0, ko‘k FB0 ranglarga ajratadi, ular uzatuvchi elektron nurli asbobning fotosezgirli yuzasida uchta asosiy ranglardan iborat optik tasvirni hosil etadi. .hunday qilib, televizion kamera yoki boshqa rangli TV datchiklari tasvirning alohida elementlarini tahlil qilishdan tashqari, elementar nurlanishlarni uch komponentli tahlil ham qiladi, uzatilayotgan har bir unsurlarni ER, EG, EB elektr signallariga aks ettiradi. Bunda har bir element nurlar oqimining sifati va miqdori haqidagi tavsifi bo‘lishi kerak. TV kamerani chiqishida elektr signallar, ranglar to‘g‘risidagi aniq ma'lumotni tashkil etish uchun tanlangan kolorimetrik 7.6-rasm. RTV tizimining ketma-ket uzatish sxemasi. Tashqi ko‘rinishidan oq-qora tizimdan uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlarida rangli filtrlardan iborat disklarning mavjudligi bilan farq qiladi. Uch rangdagi yorug‘lik filtrli disklarning aylanishi bilan tasvir alohida ketma-ket qizil, ko‘k va yashil ranglari signallariga aylantiriladi, qabul qilish qismida esa yana xuddi shu kabi diskdan o‘tadi. Disklarning sinfazali aylanishi hisobiga kuzatuvchi uch xil rangni ko‘radi va ko‘rishning inersion xususiyati tufayli haqiqiy rangli tasvir to‘g‘risida taassurot paydo bo‘ladi. Kadr vaqtida bo‘ladigan uzilishlarni oldini olish uchun ushbu uchchala tasvir rangi signallarini almashinishini kadrning almashinish vaqtiga to‘g‘rilash kerak bo‘ladi, ya'ni yoyish chastotasi va signalning spektr kengligini 3 marta oshirish talab qilinadi. Kamchiligi: oq-qora TV tarqatish tizimi bilan yoyish parametrlarining va signal spektr kengligining har xilligi tufayli moslashtirish qiyinligidir; tasvirdagi obyektlarning birdan tez harakati tufayli ranglarning ustma-ust tushib qolishi ro‘y beradi, ya'ni tasvirdagi uch asosiy ranglarning bir-biriga yaxshi kirishmasligi sodir bo‘ladi; yorug‘lik filtrli disklarning qo‘llanilishi kineskop ekranining o‘lchamlarini chegaralaydi; ketma-ket usulining asosiy yutug‘i uning yopiq amaliy TV tizimlarida keng qo‘llanilishiga olib kelgan uzatuvchi va qabul qiluvchi oxirgi qurilmalarining soddaligidadir. Bir vaqtda uzatuvchi tizim. Umumiy holda bu tizimni 7.7- rasmda ko‘rsatilganidek, uch standartli oq-qora TV tizimlarni mexanik ulash yo‘li bilan yaratish mumkin. 7.7-rasm. RT ning bir vaqtda uzatish tizimining sxemasi. Yorug‘lik oqimini S tashkil etuvchilarga yoyish dixroik ko‘zguli yorug‘lik filtrlarini o‘z ichiga olgan maxsus rang bo‘lgich tizimlarida amalga oshiriladi, dixroik ko‘zgu spektrning bir qismini akslantiradi, qolganini deyarli yo‘qotishlarsiz o‘tkazib yuboradi. Dixroik ko‘zgu 1 “ko‘k” trubkaga yorug‘lik oqimining “ko‘k” qismini akslantiradi va nurlanishning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. 2-ko‘zgu qizil tashkil etuvchisini akslantiradi va “yashil” trubkaga “yashil” qismini akslantiradi. Keyin S trubkalardan qabul qilingan videosignal S aloqa kanali (AK) bo‘yicha qabul qiluvchi qurilmaga uzatiladi, bu yerda S rang bo‘lgichdagi tasvirlar dixroik ko‘zgular yordamida jamlanib, bir ko‘rinishga keltiriladi. Asosiy ranglarni uzatish va ko‘rsatishning ushbu usuli uzatuvchi, qabul qiluvchi trubkalardagi hosil bo‘ladigan rastrlarning optik va elektr jihatidan aniq qo‘shilishini talab qiladi, bir-biri bilan qo‘shilishidagi buzilishlar tasvir aniqligini yo‘qolishiga, rangli buzilishlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling