Respublihasi
bob. RAQAMLI TELEVIDENIYE ASOSLARI
Download 1.09 Mb.
|
48236 (1)
bob. RAQAMLI TELEVIDENIYE ASOSLARI8.1. Raqamli televideniyening axoxiy tamoyillari Ko‘p yillar davomida televideniye analog ko‘rinishida yuksalib bordi, bu sohada ko‘p ilmiy izlanishlar amalga oshirildi, optik tasvirlarni elektr signallariga aylantirish va uzatish muammolari hal qilindi, analog TV uzatish tizimlarining standartlari yaratildi, tasvir sifatini va aniqligini oshirishning samarali usullari ixtiro qilindi va tadbiq etildi, televizion ko‘rsatuv va dasturlarni uzoq joylarga buzilishlarsiz uzatish, qabul qilish vazifasi uddalandi. Ammo o‘tgan asrning 80-yillariga kelib mutaxassislar analog uslubdagi televideniyening yuksalish imkoniyatlari cheklan- ganligiga, televideniyening hali foydalanilmagan imkoniyatlari ko‘pligiga, bularni analog TV tizim bilan amalga oshirib bo‘lmasligiga iqror bo‘ldilar. Analog signalning eng asosiy cheklovchi ko‘rsatkichlaridan biri — uning tashqi xalaqitlardan yomon muhofaza qilinganligi natijasida televizion traktdagi ko‘p sonli qurilmalarning har birida shovqin va boshqa xalaqitlar unga kuchli ta'sir ko‘rsatishidir. Hozirgi zamon keng tarqatuvchi TV tizim juda ko‘p signallarni o‘zgartirish, qayta ishlash va uzatish qurilmalari zanjirlaridan iborat, ularning soni televideniye tizimining yuksalishi sayin ko‘payib bormoqda. Bunday tizimlarda asosiy masala xalaqitlardan muhofaza qilishning samarali usullarini yuzaga chiqarishdir. Telekommunikatsiya sohasida ma'lum raqamli usullarning qo‘llanilishi TV signallarini shakllantirish va uzatishda xalaqitlar tufayli yuzaga kelgan buzilishlarni kamaytirish, shuningdek, boshqa qator masalalarni yechishda anchagina samarali natijalarni berdi. .hu sababli oxirgi yillarda asosiy e'tibor raqamli tele- videniyega qaratilmoqda. Raqamli televideniye televizion texni- kaning bir yo‘nalishi bo‘lib, unda TV signalga ishlov berish, konservatsiya va uzatish uni raqamli shaklga aylantirish orqali amalga oshiriladi. Raqamli TV tizimini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tizimlarida butunlay raqamli traktlar va qurilmalar ishlatiladi, uzatilayotgan tasvirni raqamli signalga o‘zgartirish va qabul qilish ekranida raqamli signalni yana tasvirga aylantirish bevosita yorug‘lik- signal va signal-yorug‘lik o‘zgartirgichlarida amalga oshiriladi. Tasvirni uzatish traktining barcha bo‘g‘inlarida axborot raqamli shaklda beriladi. Kelajakda mana shunday o‘zgartirgichlar yaratilishi mumkin, lekin hozirgi vaqtda bunday qurilmalar mavjud emas, shuning uchun raqamli TV ning ikkinchi guruh tizimlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda datchiklardan olingan analog TV signalni raqamli shaklga aylantirish, so‘ng kerakli ishlov berish, uzatish yoki konservatsiyalash bajariladi. TV tasvirni tiklash uchun uni yana analog shakliga aylantiriladi. Bu tizimda mavjud analog TV signal datchiklari va televizion qabulqilgichlarda signal-yorug‘lik aylantirgichlari ishlatiladi. Bunday tizimlarda raqamli televideniyening kirish traktiga analog TV signal keladi, so‘ng u kodlanadi, ya'ni raqamli shaklga o‘zgartiriladi. Aylantirish jarayoni diskretlash, kvantlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kodlash operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Ko‘p hollarda hamma keltirilgan operatsiyalar — diskretlash, kvantlash va kodlash qisqa ifodalash uchun televizion signalni kodlash deb ataladi. Bunga, albatta, ma'lum texnik asoslar mavjud, ya'ni bu operatsiyalarning hammasi analog signalini raqamga aylantirgichda (ARA) bajariladi. ARA ning chiqishida esa signalning kod guruhi kombinatsiyalari hosil qilinadi. Raqamli signalni analog signalga aylantirish raqamli analog aylantirgichda (RAA) amalga oshiriladi. Bunday aylantirgichlar raqamli uzatish, saqlash va tasvirga ishlov berish tizimlarida albatta mavjud bo‘lgan funksional quril- malardir. Televideniyeda impuls-kodli modulatsiya (IKM) tadqiqoti XX asrning 30-yillarida boshlangan. Keng tarqatiluvchi televideniyeda esa, u yaqin yillardan beri qo‘llanilmoqda. Tasvirga eng yuksak ishlov berish va uni uzatish prinsipining bunchalik kechikib qo‘llanishiga asosiy sabab, oxirgi paytlarda analog signalni raqamli signalga aylantiruvchi, uni uzatuvchi va raqamli signallarni analog signallarga aylantiruvchi qurilmalarning ishlash tezligiga qo‘yilgan juda yuqori talabdir. Televizion signal bevosita IKM uslubi bilan kodlanganida, kod kombinatsiyalari chastotasi hisob chastotasiga, ya'ni fd chastota diskretizatsiyasiga teng bo‘ladi. Har bir kod kombinatsiyasi aniq olingan raqamga taalluqli va bir necha k ikkilamchi simvollardan (bitlardan) iborat. Raqamli axborotni uzatish tezligi deb, vaqt birligida ikkilik simvollarning uzatilishiga aytiladi. Tezlik birligi qilib, bit/s qabul qilingan. .hunday qilib, televizion signalni raqam shaklida uzatish tezligi diskretizatsiya chastotasi fd ning va diskret hisobda olingan ikkilik simvollar sonining ko‘paytmasiga teng. C= f k. (8.1) d Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling