Respublika hududlari iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlarini kompleks ekonometrik modellashtirish


Download 17.37 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi17.37 Kb.
#1049221
Bog'liq
Ekonometrika Referat Turaeva Zarnigor


Respublika hududlari iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlarini kompleks ekonometrik modellashtirish.
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi.Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:

  1. Sub’ekt (tadqiqotchi);

  2. Tadqiqot ob’ekti;

  3. O’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.

  4. Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi.

Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining munosabatlari guruhlarini model elementlarining shunga o’xshash munosabatlariga matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. Elementlaridan biri iqtisodiy-matematik usullar bo’lgan qarorlarni qabul qilish tizimi ijodiy yondashuvni talab etuvchi xo’jalik muammolarining to’la tsiklini qamrab olishi kerak.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining predmeti: makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning tarmoqlarida kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini o’rganish; aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va iqtisodiy ma’nosini tushunish; iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek kompyuterda hisoblash tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni o’rganishdan iborat.
«Iqtisodiy-matematik usullar va modellar» fanining vazifalari:
iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini qurish va ularni echish usulini tanlash;
matematik modellarni tahlil qilish asosida iqtisodiy jarayon qonuniyatlari haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish;
makro- va mikroiqtisodiyotda qo’llanilayotgan turli matematik modellarni o’rganishdan iborat. Iqtisodiy-matematik modellarning tasnifi modellashtirish va modellar o’zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.
Download 17.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling