Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
Список литератур:
1. Мирзиёев Шавкат Миромонович. “Эркин ва фаравон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз” Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 27 палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ./Ш.М.Мирзиёев. - Тошкент: “Ўзбекистон”, 2016. – 56 б.1,2,3 2. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2017йил, 6-сон,70-модда. 1,2,3 3.Клер Гордон, Линн Хаггинс-Купер «Самый умный ребенок» теория множественности интелекта, как развивать интелект, таланты и способности. АСТ Москва 2015.-160 с. Abstrakt tafakkur shakllanishida kuzatish va tajriba saboqlari. Xanifa Berdiyeva p.f.n. Surxondaryo viloyati MTMOI Yevropa mamlakatlari uch asrlik o‘quvchilikdan so‘ng Qadimgi Yunoniston matematiklari ham, Sharq matematiklari ham bilmagan natijalarga erishgan: uchinchi darajali tenglamalarni yechish formulasi topilgan vaqtdan boshlanadi. Hikoyalarning bir qator keying voqealari Galiley erkin tushishni tekshirib, yangi mexanikaning va cheksiz kichik miqdorlar analizining rivojlanishiga asos solgan XVI va XVII asrlar chegarasidan boshlanadi. Bu ikki nazariyaning parallel shakllanishi-XVII asrning (Galileydan Nyuton va Leybnisgacha) eng muhim ilmiy hodisalardan biridir. Shuningdek, Galileyning mexanika bilan shug‘ullanishini uzib qoy’gan astronomiya sohasidagi ajoyib kashfiyotlari, hamda uning Kopernik ta’limotini tasdiqlash uchun olib brogan dramatik kurashi haqida hikoya qilinadi. Gyugens fanda Galilyening bevosita davomchisidir. Biz tanlagan syujet Gyugensning mayatnikli soatlarini yaratish va takomillashtirish borasida qirq yil davomida olib borgan ishidir. Gyugensning ham fizika, ham matematika sohasidagi yutuqlarining anchagina qismini bevosita mana shu ijod ta’min etgan. XVII asr insoniyat tarixidagi ajoyib olimlaridan biri o‘lgn B.Paskal bilan ham berilgan. Paskal geometr sifatida ish boshlagan va uning yoshligidagi ishlari Yevropa matematikasidagi o‘z chegarasi-geometriyada ulug‘ Yunon matematikasi bilan musobaqalasha olishiga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Yevropa matematikasining algebradagi birinchi yutug‘idan buyon bir yuz o‘ttiz yl o‘tdi. Osmon jismlarning mexanikasi. XVIII asrning oxiriga kelib matematika kutilmaganda ilg‘or olimlarning harakatlarini birlashtiruvchi tayanch masalalarsiz qoldi. Matematik analiz biror yaqinlashuvda tuzilgan; ammo bu vaqtga kelib algebra ham, geometriya ham biror mos muammoni olg‘a surmagan edi. Matematikaning bu holatidan osmon mexanikasi “qutqardi”. Butun dunyo tortishish qonuniga asosan osmon jismlarining harakat nazariyasini yaratish Nyutondan tortib yirik matematiklaning zo‘r berib ishlashini talab etdi. Deyarli barcha yirik matematiklar uzoq vaqtgacha osmon mexanikasining biror masalasida o‘z imkoniyatini namoyish etishni sharafli ish deb bilishar edi. Bu masalaga Gauss yetuk olim sifatida yondashdi, ishini esa u mutlaqo kutilmagan yo‘l bilan boshladi. U 2000 yil davomida hal bo‘lmagan masalani yechdi: faqat sirkul va chizg‘ich yordamida muntazam 17 burchakni yasash mumkin ekanligini isbotladi (qadimgi matematiklar n=2 k , 3*2 k , 5-2 k , 15*2 k bo‘lganda muntazam n 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 28 burchaklarni yasashni bilishardi, ammo boshqa qiymatdagi n lar uchun yasash borasidagi urinishlarga behuda kuch sarfladilar). Gaussning bu kashfiyoti texnik jihatdan arifmetik usullarga asoslangan edi. Gaussning ishlari arifmetikani qadim zamonlardan buyon yi’gilgan aniq sonlar haqidagi ajoyib faktlar yig‘indisidan fanga aylantirish bo‘yicha bir yarim asrlik ijodga yakun yasaldi. Bu protsess Fermaning ishlaridan boshlanib, Eyler, Logranj, Lejandr tomonidan davom ettirildi. Shunisi qiziqqki, Gauss yoshligidan matematik adabiyot bilan tanish bo‘lmasdan, mustaqil ravishda o‘zidan oldin o‘sha sohada ishlagan buyuk olimlarning natijalarini qayta kashf etdi. Fan tarixini tasodifan tanlab olingan nuqtalardan kuzatish ko‘p jihatdan diqqatga sazavor ekan: masalan, fanning makon va zamonda birligini ochib beruvchi ko‘plab bog‘lanishlar ko‘zga tashlanadi. Turli xildagi xarakterdagi bog‘lanishlar ochildi: Galiley va Gyugensdagi bevosita izchillik; Galiley tomonidan aniq natijaga keltirilgan, tashlangan jismning trayektoriyasi haqidagi Tartalya g‘oyasi; vaqtni o‘lchashda pulsdan foydalanish haqidagi Kardona taklifining Galileyga foyda keltirgani: shuningdek, izoxron mayatnik ustida ishlayotgan Gyugensga Paskalning siklodi haqidagi masalasining foydasi: Galiley tomonidan kashf etilgan Yupiter yo‘ldoshlarining harakati nazariyasi, bu nazariyaga bir necha avlod olimlarining ozgina bo‘lsa-da, hissa qo‘shish yo‘lidagi urinishlari va hokazo. Fan tarixida bir-biridan ozgina farqlasa-da ammo, tez-tez takrorlanuvchi ko‘pgina holatlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, asrlar o‘tishi bilan olimga berilgan baho qanday o‘zgarishga diqqat qilaylik, Kardano o‘zing asosiy xizmatlari matematikaga emas, ko‘proq tibbiyota tegishli ekanligiga gumon qilmas edi. Kepler o‘zining eng katta yutug‘i deb planetlar orbitasi bilan muntazam ko‘p yoqli lar orasidagi afsonaviy bog‘liqlikni “kashf” etganini hisoblardi; Galiley o‘z kashfiyotlarining birortasini ham dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi Yerning haqiqiy harakatini isbotlaydi degan, xato tasdiqdek baholagan emas; Gyugens o‘zining eng muhim yutug‘i deb sikloidal mayatniknig soatlarda ishlatilishini hisoblar edi. Bu esa amaliyot uchun butunlay foydasiz ekan va umuman olganda Gyugens o‘zini tolesiz deb hisoblashi mumkin edi, chunki, u o‘z oldiga qo‘ygan asosiy masalani-dengiz xronometrini ysashni hal qila olmadi. (hozirgi kunda uning asosiy xizmatlaridan deb qaraladigan ko‘plari dengiz soatlarini yasash uchun vositagina ekan) Eng buyuk odamlar ham biror narsani oldindan aytib berishda xatoga yo‘l qo‘yganlar. Shuningdek, Galiley ham mexanika bo‘yicha yigirma yil olgan natijalarini nashr etishdan voz kechadi. Avvallgiga u bir yilga astronomik kuzatishlar bilan ovora bo‘ladi, so‘ngra esa o‘z mohiyatiga ko‘ra geliosentrik sistemani ommalashtirish ishlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bir yarim asrdan so‘ng astronomiyani deb Gauss ham elliptik funksiyalar bo‘yicha tekshirishlarni nashr etmay qoldiradi. Galiley har holda, inkvizitsiya hukmi unga boshqa mashg‘ulotlar imkonini berkitgach (30 yildan so‘ng) mexanika bo‘yicha ishlarni kashf etib ulgurdi (Kavalerioning yuqoridan tashlangan jism trayektoriyasining parabola shaklda ekanligi haqidagi ma’lumoti Galileyning birinchiligiga tahdid solmasa-da, biro z hayajonlanishiga majbur etdi) Gauss bari-bir o‘z natijalarini yakunlashga 30 yil ichida ham vaqt topa olmadi va u natijalar Abel va Yakobi tomonidan qayta kashf etildi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling