Respublika ilmiy-amaliy anjumani


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/74
Sana08.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1758606
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1

 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
63 
-moslanuvchanlik (dinamiklik)-birdaniga o‘z munosabatini bildirish va ijtimoiy-
pedagogik shart-sharoit (ijtimoiy buyurtma)ning o‘zgarishiga tezlikda moslasha olish 
qobiliyati; 
-dastur bo‘yicha jadallashuvning alohida sur’atini tanlab olish va o‘z-o‘zini yo‘naltira 
olishi; 
-anglangan istiqbollar (motivatsiya) tamoyili. 
Tashkil etish va o‘rganish tamoyillari modulni shakllantirish uchun asosning 
mavjud bo‘lishi fan bog‘lanishi bo‘yicha ishchi dastur tuzishga imkon beradi. 
Fanning asosiy mazmuni tushunchasini o‘quv moduli tushunchasi bilan chambarchas 
bog‘langan, ya’ni asosi mazmunli bloklar tizimida mantiqiy bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Asosiy binary tushunchalar zahirasi-tezaurus (o‘quv fan mohiyatini tashkil etuvchi 
asosiy mazmunli biliklar, atamalar, tushunchalar qonunlar)ga asoslanib, modul bo‘yicha 
barcha turdagi ishlarni qamrab oluvchi savol va topshiriqlar tuziladi va modul 
o‘rganilgandan so‘ng nazorat (odatda test shaklida) o‘tkaziladi. 
Modulni tashkil etishning asosiy nuqtasi fanning ichki mantiqini tashkil etadi. 
O‘quv kurslarini binar modulli tushuntirish asosida:
-mazmunli tizimlilik, ya’ni zaruriy va yetarlicha hajmdagi bilimlarsiz yaxlit fannig o‘zi 
ham, uning modullarining ham mavjud bo‘lmasligi; 
-kasbiy bilishga doir binary ko‘nikma va malakalarni shakllantirish algoritmini 
ta’minlovchi modulning bilish va o‘quv kasbiy qismlarining almashinib turish; 
-nazoratning tizimliligi, egallangab malaka va kasbiy ko‘nikmalarini uzatish, binary 
ta’lim oluvchilarning intelektual qobiliyatlarini shakllantirishga olib keluvchi har bir 
modulning mantiqiy tugallanishini talab etuvchi tizimlilik tamoyiliga amal qilinadi. 
Modulni tashkil etishning o‘ziga xosliklari. 
Modulda binar ta’limning maqsadi, mazkur modulni o‘rganish vazifalari va 
darajasi, ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar aniq belgilanib 
beriladi. Modulli binary ta’limda hammasi oldindan dasturlashtiriladi: o‘quv materialni 
o‘rganishning ketma-ketligi, asosiy tushunchalar, egallash lozim bo‘lgan ko‘nikma va 
malakalar, o‘zlashtirish darajasi va o‘zlashtirish sifatini nazorat qilish. Modullarning soni 
ham fanning o‘ziga xosliklari, ham ta’limdagi nazoratning istalgan chastotalari bilan 
bog‘liqlikda olinadi. 
Modul talabalarga dastlab umumiy faoliyatga kirishish, so‘ng qismlar bo‘yicha 
umumiy maqsadlar zonasida anglangan o‘zaro harakatni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Binar modul tufayli o‘quvchilar mazmunni o‘zlashtiradi, qanday axborot va qanday 
maqsadda muhokama qilinayotganligini tushunib yetadi, u nimani “qabul qiladi” va nima 
uchun bu zarurligini anglab yetadi. Modul doirasida o‘quv axborotlarini tizimlashtirish 
pedagog va ta’lim oluvchilarning birgalikdagi intelektual bilish faoliyatini shakl va turlari 
tadrijini ajratib olishni talab etadi. 
Modul mazmunida binary axborotlarning to‘liqligi, o‘quv materiali bloklarining 
tugallanganligi aks etadi.
Binar modulli ta’limning kasbiy texnologiyasi: 
-o‘qituvchilar binary ta’limda o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi; 
-talabalarning o‘quv tayyorgarligi uchun zarur mazmunli axborotlar, modular yig‘indisi 
sifatida tashkil etiladi. 


2
4
.6.
2
02
3
 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI 
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
64 
Modul intelekual bilish va o‘quv-kasbiy qismlardan iborat bo‘ladi va quyidagi tarkibiy 
qismlardan tashkil topadi: 
-aniq shakllantirilgan binar o‘quv maqsadi(maqsadli dastur); 
-axborotlar jamg‘armasi: binary ta’limiy dastur, matnlar ko‘rinishidagi sof o‘quv 
materiali; 
-materialni o‘rganish bo‘yicha metodik rahbarlik (maqsadga erishish); 
-binar ta’limda zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; 
-binar ta’lim uchun jihozlar, asbob-uskunalar, materiallar majmuasi
-mazkur modulga qo‘yilgan maqsadlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan tashxisli 
topshiriqlar. 
Modulning o‘zi kurs mazmunining to‘rt darajasini ifoda etadi: to‘liq, qisqartirilgan, 
chuqurlashtirilgan, umumlashtirilgan. 
Modulli binary ta’lim nazariyasi va amaliyotida modulli biliklar sifatida quyidagi 
birliklar qo‘llaniladi: 
-ta’lim oluvchilarning intelektual bilish faoliyatini boshqarish; 
-talabalarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil qilish; 
-intelektual faol o‘rgatish; 
-ta’limiy modulli birliklar aniq fanni intelektual o‘zlashtirish sifatini ma’lum darajada 
oshiradigan psixologik, mantiqiy-metodologik tavsifdagi, o‘quv faoliyatining o‘zi 
haqidagi ba’zi bilimlarni ochib beradi. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling