Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


Bizning oldimizda aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan zarur choralarni ko‘rish kabi muhim vazifa turibdi


Download 2.2 Mb.
bet11/21
Sana04.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1747622
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bizning oldimizda aholi bandligini taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan zarur choralarni ko‘rish kabi muhim vazifa turibdi.
Ijtimoiy sohada bizni qiynaydigan bir qancha savollar bor, jumladan: mamlakatimizda barcha ishsizlar ish bilan taʼminlanayaptimi? Buning uchun yana nimalar qilish kerak? Xorijga ish qidirib ketganlarning qaysi muammolari hal etilmagan? Biz bir narsani toʻgʻri tushunishimiz kerak: bitta ishsiz odam — oʻnta muammo degani. Bu muammolar ishsiz odamning oʻziga, oilasi va mahallasiga, jamiyatga keltiradigan zararini hisoblasak, masalaning naqadar jiddiy ekani yanada oydinlashadi.
SOGʻLIQNI SAQLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Barcha uchun sifatli va professional tibbiyotni yaratish – biz taqdim etayotgan strategiyaning muhim yoʻnalishidir.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni tizimli ravishda davom ettirish eng muhim vazifalarimizdan biri boʻladi.
Ona va bola sogʻligʻiga eʼtibor — jamiyatga, kelajakka eʼtibordir.
Shu maqsadda 2021-yildan boshlab 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatilmoqda. Bu jarayon bilan 2021-yilda – 11 million nafar, 2022-yilda –17 million nafar aholi qamrab olinadi.
Tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish zarur.
Dunyoda sogʻliqni saqlash tizimida yuksak samaradorlikka erishgan, aholini oʻrtacha umr koʻrish darajasi yuqori boʻlgan eng ilgʻor mamlakatlar qatoridan joy olish strategik vazifamizdir.
SOGʻLOM TURMUSH TARZI MADANIYATI: JISMONIY TARBIYA VA SPORT
Jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish dolzarb vazifalarimiz qatoriga kiradi. Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat berishimiz lozim.
Shu sababdan keyingi yillarda 70 dan ziyod jismoniy tarbiya va sport muassasasini bunyod etish, barcha bogʻcha va maktablarni sport jihozlari bilan taʼminlash, tuman markazlari va shaharlarda maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etish rejalashtirilmoqda.
Bu sohaga qaratilgan keng qamrovli ishlar natijasida aholini ommaviy sport turlariga jalb qilish orqali yillik qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling