AYOL BAXTLI BOʻLSA, JAMIYAT BAXTLIDIR
Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor. Maʼlumki, muqaddas Qurʼoni karimning eng katta suralaridan biri — “Niso”, yaʼni, “Ayollar” deb ataladi. Alloh, taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga daʼvat etadi va bu ilohiy soʻzlar zamirida, albatta, teran hikmat mujassam.
Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolaveradi.
Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim.
Ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qoʻllab–quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun byudjetdan har yili qoʻshimcha ravishda 1 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirish lozim.
YOSHLAR – YANGI OʻZBEKISTAN BUNYODKORI
Meni doimo oʻylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala bu — yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir soʻz bilan aytganda, tarbiyasi bilan bogʻliq. Biz bu yoʻnalishda katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini yanada kuchaytirish uchun bir qator masalalarga jiddiy eʼtibor berishimiz zarur.
Xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini rivojlantirish doimiy eʼtiborimiz markazida boʻlishi lozim. Farzandlarimizga moʻljallangan badiiy adabiyotlarni koʻpaytirish va ularning mualliflarini ragʻbatlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda mualliflarga birinchi oʻrin uchun — 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun — 75 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun — 50 million soʻm mukofot beriladi.
5-BO‘LIM: MA’NAVIY TARAQQIYOT
- Maʼnaviy yangilanish: imkoniyat va istiqbollar
- Yangi maʼnaviy makonni yaratish borasidagi vazifalar
- Maʼrifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi
- Yangi Oʻzbekiston va maʼnaviy yangilanish
- Maʼrifatli jamiyat sari
- Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi
Do'stlaringiz bilan baham: |