TURIZM – OʻZBEKISTAN IQTISODIYOTINING DRAYVERI
Hozirgi davrimiz dunyoning yetakchi mamlakatlari “Toʻrtinchi sanoat inqilobi”, “Aqlli iqtisodiyot” “Innovatsion iqtisodiyot”ga oʻtayotgani bilan xarakterlanadi.
Pandemiya raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi. Axborot texnologiyalari iqtisodiy oʻsishning tom maʼnodagi “drayveri”ga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida elektron hukumatni yanada rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori boʻlgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga oʻtkazish, shu jumladan koʻrsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2030-yilga qadar 90 foizga yetkazish lozim.
Taʼlim sohasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida, avvalo, taʼlim pogʻonasining boshlangʻich bosqichida oʻquvchilarga raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, kelajakda zarur boʻladigan keng koʻlamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va koʻnikmalar berish bilan bogʻliq tizimli tadbirlar amalga oshirilishi darkor.
RAQAMLI IQTISODIYOT SARI
4-BO‘LIM: ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT
- Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar
- Sogʻliqni saqlash: muammolar va yechimlar
- Sogʻlom turmush tarzi madaniyati: jismoniy tarbiya va sport
- Taʼlim va tarbiya: yangi imkoniyatlar
- Ilm-fan — innovatsion taraqqiyot asosi
- Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtlidir
- Yoshlar – Yangi Oʻzbekistan bunyodkori
KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT: MOHIYAT VA IMKONIYATLAR
Yangi Oʻzbekistonni oʻz hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yoʻnalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |