IJTIMOIY MASʼULIYATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
3-BO‘LIM: MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH
Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari – iqtisodiy islohotlarimizning oʻzak masalasidir.
Harakatlar strategiyasining natijasi oʻlaroq, Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotining huquqiy asoslari yaratildi.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, avvalo, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilganini taʼkidlash lozim.
Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevoridir. Kelgusidagi iqtisodiyotning kamida 5 foizga oʻsishi, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizdan oshmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
2030 yilga borib oʻrtacha yillik iqtisodiy oʻsish surʼatlari 6,3-6,5 foiz, kapital q oʻyilmalar 8,0-8,5 foiz, eksport 9,0-10,0 foizni tashkil etishiga erishamiz.
IQTISODIYOT — JAMIYAT HAYOTINING TANASI
XUSUSIY MULK VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Alohida taʼkidlash lozimki, Yangi Oʻzbekiston modernizatsiyalashgan iqtisodiyotga tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va uning rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish zarur.
Yangi Oʻzbekiston – keng iqtisodiy imkoniyatlar mamlakatidir.
Iqtisodiy siyosatimizning asosiy tamoyillaridan biri – har bir fuqaro boy boʻlsa – davlat boy boʻladi, har bir oila farovon boʻlsa –mamlakat farovon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |