Respublika musiqa va san’at kolleji Musiqa ijrochiligi bo’limi Folklyor etnografik jamoalari rahbarligi
Download 0.93 Mb.
|
Madaniyat Kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farogʻat Rahmatova
Respublika musiqa va san’at kolleji Musiqa ijrochiligi bo’limi Folklyor etnografik jamoalari rahbarligi 1-kurs o’quvchisi Uzakbayeva Kamilaning MUSTAQIL ISHI MAVZU: Farog`at Rahmatova Tekshirdi: Narziyev.L Toshkent-2023 Farogʻat Rahmatova Farogʻat Rahmatova Qarshi shahrida 1926 25may kuni tug‘ilgan va 2014 yil vafot etgan. Otasi kosib bo‘lgan.1942 yil Qashqadaryo viloyati paxtachilarining unumdor hosil yig‘imidan so‘ng, O‘zbekiston Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Usmon Yusupovning farmoni bilan, Qarshi shahrida qishloq-xo‘jaligi ishlab chiqarilishi ilg‘or ishlarinining orasida Qurultoy o‘tkazilishi borasida qarori qabul qilinadi. Respublikaning xizmat ko‘rsatgan va mashhur artistlari orasida o‘n olti yasharli qiz - mahalliy tashabbuskor jamoa a’zosi Farog‘at Rahmatova ham bo‘lgan. Kuchli ovoz sohibasi, yosh ijrochi maqom usulubida eski o‘zbek qo‘shiqlarini kuylab, Qurultoy tomoshabinlarining zavqiga sazovor bo‘lgan. Unga birinchi chiqishining o‘zida SSSR xalq artisti Xalima Nosirova, O‘zbekiston xalq artisti Qori Yoqubovlar e’tibor qaratishgan. Usmon Yusupovning shaxsan o‘zi mahalliy rahbarlarga yosh qo‘shiqchini respublikaning poytaxt teatrlaridan biriga yuborish haqida ko‘rsatma beradi. Yosh iste’dodli aktrisa o‘z faoliyatini Toshkent viloyatining Yangiyo‘l teatrida boshlaydi Keyinchalik Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan 1944—45. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida 1949 yilda "Yoriltosh" spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan. Keyinchalik Buxoro teatrida Shirin, "Farhod va Shirin"; Muhabbat, "Davron ota", Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl teatrida Oksana, "Qoʻchqor Turdiyev"; Guloyim, "Muqanna"; Zuhra, "Tohir va Zuhra", Gulijon, "Nasriddin Buxoroda"; Oftobxon, "Oftobxon" spektakillarida chiqqan . 1948-yil Toshsovet teatri Muqimiy teatriga qoʻshilgandan buyon, shu teatr aktrisasi. Teatr sahnasida rang-barang obrazlar yaratib elga tanildi Oybarchin "Alpomish", Sanam "Aziz va Sanam", Obidaxon "Mavlono Muqimiy", Zulxumor "Ravshan va Zulxumor", Kumush "Zarafshon qizi", Risolat pari "Toshbõlta oshiq", Hayotxon "Fargʻona tong otguncha", Ona "Muqaddas diyor", Zubayda "Devona".va boshqa. Uning qaxramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining aniqligi, taʼsirchanligi, nozik oʻynoqi oʻziga xos talqin bilan ajralib turadi. Rahmatova xonanda sifatida ham el orasida mashhur. "Diyorimsan", "Goʻzal", "Tuprogʻim mening", "Yoring unutma", "Yordan salom kelibdi", "Vafo qilsa", "Onajon", "Unutma", "Gul mavsumi", "Dugoh" kabi qoʻshiq va ashulalarning betakror ijrochisi. Farog‘at Rahmatovaning ijodiy faoliyati respublika rahbariyati tomonidan munosib baholangan. Hali 27 yoshga to‘lmasdanoq, unga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti” unvoni berilgan (1953 y.), oradan 6 yil o‘tgach, 1959 yil u O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida, 1996 yil u “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Uning butun ijodiy faoliyati Mannon Uyg‘ur nomidagi musiqa teatriga bag‘ishlangan, u ushbu teatrda 80 yoshigacha bosh maslahatchi lavozimida ishlab, yosh iqtidor sohiblarining oyoqqa turishida yordam bergan. «Mehnat shuhrati» ordeni «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling