Axborot kompetensiyasi:
Media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish;
Axborot vositalarda axborot islaydi, olingan axborotdan voqea va hodisalarni ajratadi, tushunadi, tushuntirib berish;
hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik, shahsiy, oilaviy rejalarni algoritmini tuzish va amalda qo‘llay olish, taqdimot qila olish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish;
doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;
kamolotga intilish;
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;
o‘z hatti-harakatini baholay olish;
bola huquqlari, voyaga yetmaganlik tushunchalarning mazmunini bayon qilabilish.
Ijtimoiy-madaniy va fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;
ularda faol ishtirok etish;
o‘zining burch va huquqlarini bilish;
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish.
Vatanini sevish, sadoqatli bo‘lish, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va orasta kiyina olish;
Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
O‘QUVCHILARDA FANGA OID SHAKLLANGAN KOMPETENSIYALAR ELEMENTLARI:
Informatika va axborot texnologiyalari tarkibi uchun umumiy kompetensiyasi:
operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi;
axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;
sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;
izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;
izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi, amalda qo‘llay oladi;
axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;
turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;
axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi;
elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi;
Axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi;
axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi;
kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |