2-sinf
O‘quvchilar Texnologiya (Qo‘l mehnati) faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
Bilim
o‘qituvchining savollari yordamida qilinadigan ish rejasini tuza bilish;
bajarilayotgan ishni og‘zaki sharhlab borish va nutqida atamalarni qo‘llash;
buyumni to‘liq tahlil qilish, uning balandligi, eni, bo‘yini aniqlay bilish;
geometrik shakllarni bilish, geometrik jismlarni ajrata bilish;
predmetning fazoviy holatini aniqlay olish: yaqin-uzoq, baland-past, keng-tor, oldida-orqada, o‘ngda-chapda, yonda.
Ko‘nikma
o‘qituvchi yordamida va mustaqil buyumni asli bilan solishtirish;
murakkab bo‘lmagan buyumni yasash uchun mustaqil ravishda ish rejasini tuzish;
murakkab buyumlarga o‘qituvchi savollari orqali ish rejasini tuzish;
ishni mo‘ljallab olish buyum namunasini uning asli, tasviri bilan mustaqil yoki qisman o‘qituvchi yordamida taqqoslash.
Malaka
qiyin bo‘lmagan buyum ustida ish rejasini tuzish, murakkab buyumlarga o‘qituvchi savoliga ko‘ra reja tuzish;
reja bo‘yicha ishlash, o‘qituvchi yordamida bajarayotgan ishni nazorat qilish;
bajarilgan ish yuzasidan mustaqil hisobot berish;
o‘zi va o‘rtoqlari yasagan buyumlarni tahlil qilish.
3-sinf
Bilim
mustaqil ravishda ishni mo‘ljallab olish;
buyum namunasini uning asli, tasviri yoki o‘yinchog‘i bilan taqqoslash;
ishga doir atamalarni qo‘llash;
buyum yasashda ishga hisobot berish;
o‘zi va o‘rtoqlari yasagan buyumlarni tahlil qilish.
Ko‘nikma
asbob va moslamalarni o‘qituvchi yordamida tanlay bilish;
reja asosida ishlash;
qog‘oz va kartonni farqlay olish;
qaychidan to‘g‘ri foydalanish;
yasayotgan buyum detallarini to‘g‘ri joylashtirish.
Malaka
yassi va hajmli buyumlarni yasashda fazoviy mo‘ljalni olish;
andozadan foydalana olish;
tabiiy material bo‘laklarini plastilin, cho‘p, yelim yordamida biriktira olish;
bezak choklari (to‘g‘ri qaviq chok)ni bajarish;
rasm chizigi bo‘yicha to‘g‘ri qaviq chok tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |