Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat).
- Tabiiy materiallar bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish.
- Texnik ma’lumot.
- Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish.
- Gazlama bilan ishlash (7 soat).
- Qog‘oz bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish.
- III bo‘lim (20 soat) Qog‘oz bilan ishlash (6 soat). “Papye-mashe” Amaliy ish.
4-sinf (68 soat) I bo‘lim (18 soat) Kirish darsi (2 soat). Kasblar to‘g‘risida suhbat. Qo‘l mehnati darslarida ishlatiladigan asbob, moslamalar. Mehnat darsida o‘zini tutish qoidalari.Texnika xavfsizligi. 3-sinfda bajarilgan ishlarning tahlili. Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Qog‘oz va karton turlari, xususiyati. Qog‘ozning ahamiyati. Qog‘ozga belgi qo‘yish va qirqish. O‘lchov asboblari. Chizg‘ich, burchakli chizg‘ich. Shablon, trafaret. Geometrik shakllardan yuk mashinasi, namunaga qarab “Guldondagi gullar”, geometrik shakllardan uycha, qayiq applikatsiyalarini yasash. Bayram tabriknomasi tayyorlash. Applikatsiya bilan bezash. Texnik ma’lumot. Foydalanilgan qog‘oz turlari, qog‘ozning asosiy ranglari. Geometrik shakllar mavzusini takrorlash. Qog‘ozni o‘lchash va belgi qo‘yish uchun kerakli asboblar. Yelim turlari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Ish usullari. Qog‘ozga belgi qo‘yish usullari. Qaychi bilan turli shakllarni qirqish. Qismlarni o‘z o‘rniga joylashtirish. Ish rejasini daftarga yozib olish. Tabiiy materiallar bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. Kirish darsi. Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar. Ularning xususiyati. 1-2-3-sinfda tabiiy materiallardan yasalgan buyumlarni ko‘rib chiqish. Dars uchun zarur tabiiy materiallarni yig‘ish, ish uchun tayyorlash. Darsda foydalaniladigan qo‘shimcha materiallar (plastilin, yelim). Qurigan bargdan appliktsiya usulida “Qush” yasash. Doira ichida naqsh (qovun, tarvuz, qovoq, olcha, urug‘idan). Archa g‘uddasi, urug‘, plastilin yordamida tulki yasash. Tabiiy materiallar yordamida (namatak mevasi, chig‘anoqlar) bezak buyumlari yasash. Plastmassa munchoqlardan taqinchoqlar yasash. Qurigan barglardan “Ona tabiat” kompozitsiyasi. Texnik ma’lumot. Tabiiy materiallarning turlari, xususiyati, rangi, shakli, katta-kichikligi. Biriktirishda plastilindan foydalaniladi. Texnika xavfsizligi qoidalari. Ish usullari. Ish rejasini daftarga yozib borish. Urug‘dan kompozitsiya yasash uchun daftarga rasmini chizish. Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Namunaga qarab (rasmiga yoki oyinchoqqa qarab) yasash; xo‘roz, zebra, qulupnay, tarvuz bo‘lagi. II bo‘lim (14 soat) Chekanka (3 soat). Zar varaqqa naqsh solish. (Chekanka) haqida umumiy ma’lumot berish. Texnika xavfsizligi qoidalari. Kerakli asboblar. Ish bosqichlari to‘g‘risida ma‘lumot. Namunaga qarab, zar (alyumin) qog‘oz ustiga naqsh chizish: qayiq, mashina, gul (xohishga ko‘ra). Gazlama bilan ishlash (7 soat). Kirish darsi: Gazlama turlari, ularning xususiyati, ishlatilish joyi. Qiya chokni namunada bajarish. Qiya chokni qo‘llanilishi. Chetlari qiya chokda tikilgan buyumlar tikish: igna uchun yostiqcha, urug‘ uchun xalta. Texnik ma’lumotlar. Ip va gazlama turlari. Qiya chokning ishlatilish o‘rni. Gazlamadan buyum tikishda qo‘llaniladigan asbob va moslamalar: igna, qaychi, angishvona. Ish usullari. Ish asboblaridan to‘gri foydalanish. Qiya chokni namunada bajarish. Ushbu chok turini amalda qo‘llay bilish. Qog‘oz bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Namunaga qarab hajmli archa o‘yinchoqlari, fonar, qor parchalari yasash. Yangi yil karnavali uchun qalpoqchalar yasash. Qalin qog‘ozdan yangi yil sovg‘asi uchun sumka tayyorlash. Texnik ma’lumotlar. Qog‘oz turlari: archa o‘yinchoqlari, sumka va qalpoq uchun kerakli qog‘oz (yozuv qog‘ozi, rangli, yaltiroq qog‘oz, yupqa karton, kalka). Ip va tasmalardan foydalanish. Bajarilgan ishga estetik talablar. Texnika xavfsizligi qoidalari. Ish usullari. Qog‘ozga shablon yoki chizg‘ich yordamida belgi qo‘yish. Qaychi bilan to‘gri va egri chiziqlar bo‘ylab qirqish. Kartonda teshiklar hosil qilish. Buyum qismlarini ip va tasma yordamida biriktirish. Daftarga ish rejasi, asboblar, kerakli materialni yozib borish. III bo‘lim (20 soat) Qog‘oz bilan ishlash (6 soat). “Papye-mashe” Amaliy ish. Kirish darsi: “Papye-mashe” uchun kerakli qog‘oz turlari, ish uchun kerakli material, bu usulda buyum yasash texnalogiyasi. Buyum: lagan, likopcha, kosa, payola (xohishga qarab tanlanadi). Yasalgan buyumni naqsh solib bezash. Pape-mashe usulida qo‘ziqorin yasash. Texnik ma’lumot. “Papye-mashe” uchun zarur qog‘oz turlari. Bu usulning paydo bo‘lish tarixi. Kleyster tayyorlash texnalogiyasi. Bo‘yoqlar: akvarel va guash. Buyumlarni bezashda qo‘llaniladigan naqsh turlari bilan tanishtirish: o‘simliksimon naqshlar (o‘zbekcha arnamentlar) va boshqa turdagi naqshlar. Ish jarayonida gigiyenik talablar, texnika xavfsizligi, buyumga qo‘yiladigan estetik talab. Ish usullari. Ish uchun qog‘oz bo‘laklarini tayyorlash. Buyum ustiga qog‘oz bo‘laklarini yopishtirish (5-6 qavat). Yeng ustiga oq qog‘oz yopishtirish, tekislash, chetlarini qirqib tekislash, quritish, buyumga naqsh chizish va bo‘yash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling