Momiq doirachalardan applikatsiya yasash (3 soat). Amaliy ish. Momiq doirachalardan qilingan applikatsiyalarni ko‘rib chiqish. Ularni qanday yasalganligini tahlil qilish, foydalanilgan materiallarni aniqlash. Momiq doirachalardan applikatsiya yasash: laylak, gul. Xohishga qarab rasmdagi applikatsiyalarning birini yasash.
Texnik ma’lumotlar. Momiq doirachalarning xususiyati. Doirachalar bilan ishlaganda kerakli ashyolar: qaychi, rangli qog‘oz, PVA yelim, texnika xavfsizligi qoidalari.
Ish usullari. Momiq doirachalarni yelimlash, applikatsiya bo‘laklari uchun rangli qog‘ozdan, bo‘yoqlardan foydalanish.
Gazlama bilan ishlash.
Yumshoq o‘yinchoqlar yasash (4 soat). Amaliy ish. Kirish darsi. Yumshoq o‘yinchoq uchun kerakli materiallar. O‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan, namunaga qarab, tayyor bichilgan yumshoq o‘yinchoqlarni tikish: “Xonqizi”, “Xo‘roz”.
Texnik ma’lumotlar. Yumshoq o‘yinchoq uchun kerakli gazlamalar: o‘yinchoq shaklini tahlil qilish, qismlarini nomlash. Qo‘shimcha materiallar: charm, mo‘yna, tugma va hokazo. Ish uchun kerakli ashyolar: igna, qaychi, ip, to‘g‘nog‘ich. Buyumga qo‘yiladigan estetik talab. Ish usullari: qo‘l choklarini bajarish. Ish davomida tartib bilan (bosqichma-bosqich) ishni bajarish.
Qog‘oz bilan ishlash (7 soat). Amaliy ish. Qog‘ozdan soch turmaklari yasash. Qo‘g‘irchoq “boshiga” soch turmaklarini yopishtirish. Dumaloq shakldagi rangli qog‘ozdan applikatsiya yasash: bobo va buvi, qo‘g‘irchoq.
Bayram tabriknomalari yasash. Tabriknomani xohishga ko‘ra bezatish. “Bahor keldi”, ”Navro‘z” mavzusida applikatsiya yasash.
IV bo‘lim (16 soat)
Gazlama bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Buyum: Gazlamadan atirgul yasash. Buyum bilan tanishtirish. Atirgul bichish. Namunaga qarab va o‘qituvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra gazlamadan atirgul yasash.
Buyum: cheti titilmaydigan, dumaloq shaklda qirqilgan gazlamadan gul yasash: “Bahor gullari” devoriy bezagi (xohishga ko‘ra gazlama o‘rnida tayyor momiq doirachalardan foydalanish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |