Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet36/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

DASTURNING MAZMUNI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarni (aqli zaif bolalar uchun) o‘quvchilari uchun texnologiya mo‘ljallangan o‘quv materiallardan iborat bo‘lib, 5-9-sinflarda o‘qitish va kasb tanlash uchun mo‘ljallangan. Dasturning maqsadi o‘quvchilarning duradgorlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.


Dastur asosida duradgorlik, chilangarlik kosibchilik va obodonlashtirish fanlarini o‘qitishni amalga oshirish davomiyligi 5 yil bo‘lib, nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan va o‘quv mavzularini takrorlash, mustahkamlash hamda asta-sekin yangiliklarni kiritilishi hisobga olingan.
Ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar bosqichma-bosqich buyum bo‘laklarini o‘lchash, rejalash, kesish, teshish biriktirish, tikish, o‘yish, ishlov berish va ularni pardozlash usullari bilan tanishadilar. Ish jarayonida dastgohlar, qo‘l asboblari va moslamalar bilan ishlashda ko‘nikmalarni hosil qiladilar. O‘quvchilar dastgohlardan foydalanishni, buyumni bezashni, unga ishlov berishni, lak va bo‘yoqlarni ishlatishni hamda texnika xavfsizlik qoidalarini bilib oladilar.
Dasturdagi mavzularga binoan o‘quvchilar texnologik xarita ishni ketma-ketligini rejalash, o‘zi va o‘zgalar mehnatiga baho berish va buyumlarni badiiy bezashni o‘rganadilar.
Har chorak yakunida mustaqil ishlar bajariladi va o‘quv yilining oxirida esa nazorat ishlari olib boriladi. Muassasa bitiruvchilari Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim Markazi tomonidan tavsiya etilgan yo‘riqnomaga binoan yakuniy imtihonlarni amaliy va nazariy tarzda topshiradilar.
Dasturda berilgan mavzular o‘ta majburiy bo‘lmasdan, balki o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning bilimlariga mos, kasalliklarini inobatga olgan holda va moddiy texnika bazasida mavjud bo‘lgan xomashyolar asosida mavzularni qisman o‘zgartirishi mumkin. O‘zgartirilgan mavzular o‘qituvchining chorak yoki yillik taqvim-mavsumiy rejalariga kiritilishi lozim.
Shuning bilan birga, o‘quv yili davomida dasturdagi mavzular bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, taqvim-mavsumiy rejalaridagi soatlar qisqartiriladi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling