Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet37/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

5-sinf
DURADGORLIK


I bo‘lim (54 soat)
Kirish darsi (2 soat). Nazariy. O‘quv ustaxonadagi ichki tartib qoidalari. Ustaxona jihozlari. O‘quv ustaxonasida o‘quvchilardan talab qilinadigan qoidalar. Asbob va moslamalarni saqlash bo‘yicha o‘quvchilarning javobgarliklari. Yog‘ochlarga ishlov berish bo‘yicha o‘quv ustaxonalarida ishni tashkillashtirish va ishlatiladigan asbob-uskunalar. Ustaxonani tartibga keltirish. Duradgorlik asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari. Kasblar haqida umumiy ma’lumot. Kasbga yo‘naltirish. Duradgorlik va boshqa kasblar haqida ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan tushunchalar berish.
Amaliy mashg‘ulot.
Yog‘och turlari (2 soat). Nazariy: O‘rmon va uning boyligi. Daraxtlarni kesish va yog‘och tayyorlash. Daraxt va uning asosiy qismlari (ildiz, tana va shoxlar). Daraxt navlari (bargli va igna bargli daraxtlar). Daraxatni kesish va yog‘och tayyorlash. Yog‘och xomashyolari. Yog‘och ashyolari va uning ko‘rinishi (cheti arralangan va arralanmagan), o‘lchamlari (eni, qalinligi, uzunligi), ustun (to‘rtburchak va to‘g‘ri to‘rtburchakli), qirra, yon tomon hamda ko‘ndalang kesimi.
Amaliy mashg‘ulot.
Daraxt turlari va ularning mexanikaviy xususiyatlari (2 soat). Nazariy. Daraxtning tuzilishi. Igna bargli daraxtlar: bargli daraxtlar. Uning o‘sishi. Yog‘ochning xususiyatlari (zichligi, qattiqligi, po‘kakligi, rangi, og‘irligi, qatlam (tekstura) tasviri. Yog‘och namunalari, ularning turlari. Amaliy mashg‘ulot.
Bo‘laklarni rejalash (2 soat). Nazariy. O‘lchash va o‘lchov asbobining vazifasi va qo‘llanishi. Chizg‘ich va rejalashtirish asboblari. Chizg‘ichdan to‘g‘ri foydalanish tartibi. Chizg‘ichni ishlatish tartibi. Yog‘ochni uzunasiga o‘lchash (metr, santimetr, millimetr). Taxlanadigan metr. Yog‘ochlarni chizg‘ichda uzunasi va ko‘ndalangiga o‘lchab, rejalashni mashq qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Yog‘ochlarni chizg‘ichda uzunasi va ko‘ndalangiga o‘lchab, rejalashni mashq qilish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling