Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Zamonaviy liboslarda milliylik ohangini qo‘llash (4 soat)


Download 1.22 Mb.
bet68/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Zamonaviy liboslarda milliylik ohangini qo‘llash (4 soat).
Tantana kiyimlari haqida tushuncha (4 soat).
Yenglar pastki qirqimiga ishlov berish (6 soat). Amaliy ish: namunada yengning pastki qirqimiga qaytarma manjet bilan ishlov berish.
To‘g‘ri bichimli ko‘ylak tikish (22 soat). Quyidagi ko‘ylak fasonlaridan birini tikish. Buyum va gazlama xohishga ko‘ra tanlanadi: a) bo‘yin o‘yindisi uchburchak shaklda, old yelka tomonida kichkina koketkalari bilan, yengi kalta va manjetli, qo‘sh etakli ko‘ylak; b) bo‘yin o‘yindisi oval shaklda, koketkali (old ko‘krak ustidan to‘g‘ri shaklda koketkalari bilan), yeng pastki qirqimi kengaytirilgan, etak pastki qirqimi bo‘yicha mayda taxlamaga yig‘ilgan qo‘sh etak bilan ishlov berilgan ko‘ylak; v) to‘g‘ri bichimli, bo‘yin o‘yindisi oval shaklda bo‘lib, o‘z shaklida yoqa bilan ishlov berilgan, qayirma manjet bilan bezatilgan kalta yengli, ikki cho‘ntakli ko‘ylak.
Ko‘ylak tikish rejasi: Gazlamani bichishga tayyorlash; andazani gazlamaga joylashtirish, chok haqqini belgilash; ko‘ylakni bichish; ko‘ylak bo‘laklarini kiyib o‘lchash (primerka) uchun tayyorlash; ko‘ylakni kiyish, barcha kamchiligini aniqlash; ko‘krak vitochkaning o‘rnini aniqlash; yelka choklarining o‘rnini aniqlash; yon choklarini tekshirish; buyumning kerakli uzunligini aniqlash va belgilash; cho‘ntaklar o‘rnini aniqlash va belgilash; yeng o‘miz boyicha yeng o‘rnatish o‘rnini aniqlash va belgilash; yeng uzunligini tekshirish, buklamasini aniqlash; ko‘ylakning vitochkalariga ishlov berish, dazmollash; ko‘ylakning yelka qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; ko‘ylakning yon qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; buyum etak qirqimiga ishlov berish, dazmollash; yenglarni tikib tayyorlash; yenglarni yeng o‘mizlariga o‘rnatib tikish; cho‘ntaklarni tayyorlash va ko‘ylakning belgilangan joylarga o‘rnatib tikish; bezatish ishlarini bajarish (to‘r, tugmalar, applikatsiya, kashta va hokazo).
Bel chizig‘idan qirqilgan ko‘ylakni tikish (34 soat). Buyum: to‘g‘ri koketkali, bel chizig‘idan qirqilgan va etak tomoni burmaga (yoki yirik skladka-taxlamalarga) yig‘ilgan ko‘ylakni tikish; beli qirqimli ko‘ylak uchun o‘lchov olish va yozish; tayyor asos andazadaga fason chiziqlarni kiritish, kontur chiziqlarni aniqlash va andazani qirqib tayyorlash; beli qirqimli ko‘ylakni tikish rejasini tuzish va daftarga yozish; ko‘ylak bo‘laklarini kiyib o‘lchab ko‘rish uchun tayyorlash; ko‘ylakni kiyish, nuqson-kamchiligini aniqlash va (igna-ip, to‘g‘nog‘ichlar bilan) to‘g‘rilash; koketkaga ishlov berish (agar bor bo‘lsa), dazmollash; yelka va yon qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; bo‘yin o‘yindisiga qiyama adip yoki o‘z shakliga mos adip bilan ishlov berish, dazmollash; etak qismining yon qirqimlariga ishlov berish, dazmollash; ko‘ylakning tayyorlab olingan etak qismini ustki qismiga bel chizig‘i bo‘yicha qo‘shib tikish, dazmollash; yenglariga ishlov berish, dazmollash; yenglarni yeng o‘miziga o‘rnatib tikish, dazmollash; etak qirqimiga ishlov berish yoki qo‘sh etakka ishlov berish va etak pastki qirqimiga qo‘shib tikish, dazmollash; bezatish ishlarini bajarish (belbog‘ini, tosh va boshqa bezatish vositalarni tikish); tayyor ko‘ylakni dazmollash, kiyib ko‘rish va ilgichga ilish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling