Respublikada axolini ishtimoiy muhofaza qilish va sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar Reja


Download 22.21 Kb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi22.21 Kb.
#1385288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Respublikada axolini ishtimoiy muhofaza qilish va sog\'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar

uchinchidan, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, patronaj va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha ishlar samaradorligining pastligi fuqarolarning ixtisoslashgan tibbiy yordam soʻrab murojaat qilishining koʻpayishiga sabab boʻlmoqda;
toʻrtinchidan, aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning turli darajalari va bosqichlari, shu jumladan, davolash va salomatlikni tiklash jarayonida uzviylik sust rivojlangan;
beshinchidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordam koʻrsatishning barcha darajalarida, ayniqsa, birlamchi boʻgʻinda mutaxassislar bilan taʼminlashning, shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotchilari va boshqaruv xodimlarini tayyorlashning istiqbollarini prognozlashtirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, tibbiy amaliyotning taʼlim va ilm-fan bilan integratsiyasi sustligi ixtisoslashtirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini davolash-tashxis jarayoniga joriy etishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
yettinchidan, elektron sogʻliqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatning integratsiyasini va samarali boshqarilishini taʼminlaydigan zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari tarqoq tusga ega va tor yoʻnalishlarga moʻljallangan.
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni taʼminlaydigan sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish va moliyalashtirishning konseptual jihatdan yangi modellarini shakllantirish, tibbiyot fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
sogʻliqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni uni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining masʼuliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiluvchi qonunlarni qabul qilish orqali takomillashtirish;
jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini va hududlarda sogʻliqni saqlashni tashkil etishning “klaster” modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;

Download 22.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling