Respublikada axolini ishtimoiy muhofaza qilish va sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar Reja
Ishchi komissiya (A.A.Abduhakimov)
Download 22.21 Kb.
|
Respublikada axolini ishtimoiy muhofaza qilish va sog\'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi
Ishchi komissiya (A.A.Abduhakimov):
bir hafta muddatda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining mutaxassislarini, fuqarolik jamiyati institutlari, yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarning vakillarini jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlarini tuzsin, ularning samarali faoliyatini tashkil etsin; Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonunchilikni, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlanishini taʼminlasin; normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari izchil va sifatli tayyorlanishi, oʻz vaqtida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi va kiritilishi, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin; 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda ayrim davolash-profilaktika muassasalarini belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha investitsiya loyihalarini tayyorlasin hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Investitsiya portalida joylashtirilishini taʼminlasin; sogʻliqni saqlash sohasidagi eng namunali davlat-xususiy sheriklik amaliyotlarining monitoringini va keng tatbiq etilishini taʼminlasin. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin: keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; nogironlikni belgilashning keng qamrovli yagona tizimini yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish; tibbiy-ijtimoiy muassasalarning keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish; muhtoj shaxslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish; tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati, nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish. 7. Belgilab qoʻyilsinki: Agentlik mustaqil yuridik shaxs boʻlib, oʻz balansi, bank muassasalarida hisobvaraqlari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhriga ega boʻladi; Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi; Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi; Agentlik direktori oʻz maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi; Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 8. “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari, Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi belgilangan tartibda Vazirlik tarkibidan Agentlik tasarrufiga oʻtkazilsin. 9. Vazirlik ikki oy muddatda Agentlik tuzilmasi va uning nizomini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Belgilansinki, Agentlik faoliyatini tashkil etish davlat sogʻliqni saqlash tizimi organlari va tashkilotlarining shtat sonini optimallashtirish hisobidan “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. 10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: a) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasini; b) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagilarni nazarda tutadigan Download 22.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling