Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
Download 152.07 Kb. Pdf ko'rish
|
37-сон 20.01.2022. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.pdf
infratuzilma — tashkilotning yangi loyihalarini ishlab chiqarish
faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (ichimlik suv, oqova suv tarmoqlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi) tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari; loyiha — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma, xorijiy ekspert jalb etish va texnik- iqtisodiy asoslantirishlar bilan bog‘liq tadbirlar majmui; tashabbuskorlar — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan yuridik shaxslar; texnik-iqtisodiy asoslanish — yangi loyihaning umumiy eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan, moliyalashtirishning dastlabki shartlari hisobga olingan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi, shuningdek, mahsulotga brend jalb qilish bo‘yicha loyiha hujjati; xorijiy ekspert — oliy ma’lumotli, portfolio hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimida kamida besh yil ish tajribasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi; arizalarni elektron shaklda qabul qilish — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, ariza va uning ilovalarini hamda uning asl nusxalarini elektron shaklda qabul qilish imkoniyati yaratilgan veb sahifa. 3. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan ajratiladi. 4. Jamg‘armadan subsidiya quyidagi tartibda ajratiladi: a) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi miqdorida, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — loyiha tashkiloti bilan texnik- iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanishining tasdiqlangan nusxasi, bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma, to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida; b) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida; v) oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — ikki tomonlama tuzilgan mehnat shartnomasi yoki kontrakti (alohida kelish va ketish, yashash bilan bog‘liq xarajatlar bundan mustasno) va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida ajratiladi (oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha uskunalar va texnikalarni xarid qilish bilan bog‘liq tuzilgan shartnomalarning tarkibiga kiritilgan xizmatlar bundan mustasno). Bunda tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning muddati ikki yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. 5. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi. 6. Tashabbuskorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar uchun subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) qaroriga asosan beriladi. Ushbu vazifani bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etiladi. 7. Subsidiya to‘lovlari vazirlik qarori qabul qilingandan so‘ng tashabbuskorlar bilan tuziladigan shartnoma asosida qoplab beriladi. Shartnoma tashkil etilayotgan loyihani monitoring qilib borish maqsadida tomonlarning huquq va majburiyatlari, yangi tashkil etilgan loyiha dastlabki uch yil davomida faoliyatini o‘zgartirsa yoki to‘xtatsa, ajratilgan subsidiya qaytarilishi to‘g‘risidagi bandlarni o‘z ichiga oladi. 8. Tashabbuskorlar subsidiya olish uchun mazkur Nizomga 2- ilovaga muvofiq shakldagi arizani tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma; tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari (infratuzilma obyektlari uchun); ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanish hujjatlarining nusxasi (texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash obyektlari uchun); bajarilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma; to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tashabbuskorlarning arizalarini qabul qiladi hamda vazirlikka kiritadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbuskorlarning arizalarini mazkur Nizom bo‘yicha qabul qilib oladi va ko‘rib chiqadi. 9. Taqdim qilingan hujjatlar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘n kun muddatda arizani va unda ko‘rsatib o‘tilgan obyektni joyiga chiqqan holda o‘rganadi hamda o‘rganish natijalarini vazirlikka yuboradi va bu haqda tashabbuskorga yozma yoki elektron holda ma’lum qiladi. 10. Vazirlik tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi va o‘n kun davomida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi. 11. Vazirlik tashabbuskorlarning faoliyati va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan, tegishli organlarning internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar asosida o‘rganib chiqishi mumkin. 12. Quyidagi holatlarda tashabbuskorlarga subsidiya ajratish rad etiladi: tashabbuskorlarning faoliyati mazkur Nizom 4-bandida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lmasa; tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 8-bandi talablariga mos kelmasa; tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni atayin buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda. 13. Tashabbuskorlar subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun vazirlikka yoki uning hududiy bo‘linmalariga ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli. 14. Tashabbuskorlar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 15. Subsidiya ajratilishi asoslanganligi va uning miqdori haqidagi ma’lumot vazirlik qarori asosida beriladi. Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari tasdiqlangan bayonnomaning haqqoniyligiga mas’ul hisoblanadi. 16. Vazirlik tomonidan qaror qabul qilingandan so‘ng o‘n kun muddatda subsidiya tashabbuskorlarga belgilangan tartibda Jamg‘arma hisobidan to‘lab beriladi. 17. Subsidiya Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli tashabbuskorlarning tijorat bankidagi asosiy hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. 18. Subsidiya ajratilgan tashabbuskorlarning reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladi. 19. Tashabbuskorlarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalari xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha ajratiladigan subsidiya mablag‘laridan samarali foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. 20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga _____________________________dan Ariza ___________________________________________________________________________________ Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling