Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
Download 152.07 Kb. Pdf ko'rish
|
37-сон 20.01.2022. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.pdf
2-
bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari 1. Tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan murojaatlarga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini o‘rganadi. 2. Tashabbuskorlar tomonidan taqdim etil�an hujjatlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga elektron shaklda yuboradi va bu haqda tashabbuskorlarga yozma ravishda ma’lum qiladi. O‘n kun ichida 3- bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan kiritilgan joylardagi tashabbuskorlarning murojaatlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi. 2. Tashabbuskorlarning faoliyatini va ular tomonidan taqdim etgan hujjatlarini axborot tizimlari hamda so‘rovnomalar asosida o‘rganib chiqadi. 3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tashabbuskorlar tomonidan loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarni bir qismini qoplashga subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘n kun ichida 4- bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarni bir qismini qoplashga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorga asosan loyiha tashabbuskoriga xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi. O‘n kun ichida Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 09/22/37/0054-son) Markaz haqida Sayt yangiliklari Saytda reklama RSS © O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Qo‘shimcha axborot Ulashish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9- sentabrdagi PQ-4821-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9- sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq: a) O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazib berilganligi; b) Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash; oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratishga doir tartib-taomillar; tashabbuskorlarning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari; tashabbuskorlarga subsidiya ajratishni rad etishning asoslari hamda ularning ariza bilan qayta murojaat qilish yoxud yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqi. 3. Belgilansinki: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash hamda yangi loyihalarning infratuzilmasini yaratish, shuningdek, oziq- ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilib, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladi; oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini Jamg‘arma hisobidan qoplab berishga subsidiya ajratish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qaroriga asosan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarini tashkil etish bo‘yicha subsidiyalar ajratilishini qonunchilik hujjatlari va mazkur qaror talablari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom qoidalari tashabbuskorlarning 2020-yil 10- sentabrdan so‘ng amalga oshirgan tegishli xarajatlarini qoplashga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 152.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling