Quduqlarini ishida murakkabliklar har xil holatda paydo bo’ladi. Bu murakkabliklarni ichida ko’p uchraydigan va eng xavflilariga quyidagilar kiradi:
quduq usti armaturasining germetikligini buzilishi natijasida ochiq favvorani sodir bo’lishi;
favvoralanishda pulsatsiyalanish avariya holatini keltirib chiqarishi mumkin;
quduq tubida qatlam suvlarining to’planishi natijasida favvoralanishning to’xtatishi;
NKQ-larni ichki qismida va quduqni otma tizimlarida smola, parafin yotqiziqlarining o’tirib qolishi natijasida murakkabliklarning kelib chiqishi;
quduq tubida va NKQ-da neftni qazib olish davrida mahsuldor qatlamdan neft bilan qum aralashmalarini oqib kelishi natijasida tiqin hosil qilishi;
quduq tubida va NKQ-da tuz yotqiziqlarining shakllanishi.
Favvora usulida ishlatishda eng xavfli murakkablik ochiq boshqarib bo’lmaydigan favvoradir. Ochiq favvorada katta yong’in uzoq vaqt davom etadi, kon o’z muddatidan oldin quriydi, u hayvonot va o’simlik olamiga katta zarar keltiradi, havo va atrof muhitni ifloslantiradi.
Bundan tashqari oldin bilib bo’lmaydigan holatdagi murakkabliklarga, ya’ni mahsuldor qatlamni ochish va quduqni o’zlashtirishda favvora armaturasi birikmalaridagi zichlamalarning talab darajasida bo’lmaganligi sababli, armaturaga titrashning ta’sir etishi tufayli, qum zarrachalarining yemirilish ta’sirida sodir bo’ladigan avariyalar kiradi.
Bu avariyalarning hammasi ham og’ir holatlarni keltirib chiqaradi. Murakkabliklarning oldini olish uchun favvora armaturasi 2 marta katta ishchi bosimga sinaladi va opressovka qilinadi. Armatura yig’ma holatda quduqda va uning elementlari barqaror sharoitda opressovka qilinadi. Ochiq favvorani oldini olish uchun har xil turdagi qirquvchi konstruktsiyalar qo’llaniladi, qaysiki, ular quduqning aniq chuqurligigacha yoki boshmoqning tagigacha tushiriladi. Mustahkamlash tizmasining shlipsalariga o’rnatiladigan qirquvchi moslamani konstruktsiyasi mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |