Respublikamizda aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan, jamoat transporti ishini takomillashtirish masalalariga yo‘naltirilgan vazifalar ustuvor xususiyatga EGA bo‘lmoqda


Umumfoydalanish yo‘lovchilar tashish transporti


Download 0.74 Mb.
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1127094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO‘LOVCHILARNI TASHISH UMUMFOYDALANISH TRANSPORTI (1)

1.4. Umumfoydalanish yo‘lovchilar tashish transporti
Shahar aholisiga ish joylariga, yashash joylariga, dam olish va boshqa maishiy talablarini qondirish joylariga qisqa vaqtlarda yetib borishlari uchun transport vositalari talab etiladi.
Тashishga bo‘lgan talab shahar hududining o‘lchamiga, aholining moddiy ta’minlanganligi va madaniy darajasiga ko‘p jihatdan bog’liq.
Yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari quyidagi belgilarga qarab guruhlarga bo‘linadi:
Harakatlanuvchi tarkib turiga ko’ra avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish avtobuslarda va yengil avtomobillarda tashishlarga bo‘linadi.
Vazifasiga ko‘ra: 1) umumfoydalanishdagi; 2) yakka tartibda foydalanishdagi; 3) korxonalarga tegishli transport vositalariga bo‘linadi. Umumfoydalanish transport vositalariga tramvay, trolleybus, avtobus, metropoliten, yengil avtomobil-taksi, ikkinchisiga shaxsiy foydalanuvdagi yengil avtomobillar, mototsikllar, velosiped va mopedlar, uchinchisiga esa korxona va tashkilotlarga qarashli avtobus va yengil avtomobillar kiradi.
Foydalanish xarakteriga ko‘ra: oldindan ma’lum yo‘nalishlarda tashishlarni amalga oshiruvchi va yo‘lovchilar tomonidan belgilangan yo‘nalishlarda harakatlanuvchi (turistik, buyurtmali) hamda yengil avtomobil-taksilarga bo‘linadi.
Тashish turiga ko‘ra shahar ichida, shahar atrofida, mahalliy, shaharlararo, xalqaro va turistik turlariga bo‘linadi.
Shahar ichida ishlovchi avtobuslar ma’lum yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shahar atrofi yo‘nalishlarida ishlovchi avtobuslar yo‘lovchilarni shahardan shahar atrofiga tashishga mo‘ljallanadi.
Mahalliy yo‘nalishlardagi tashishlar tumanlar markazlari, jamoa xo‘jaliklari, aholi yashash joylarini birlashtirishga mo‘ljallanadi.
Shaharalararo tashishlarga shahar va posyolka chegarasidan 50 km dan ortiq masofaga tashishlar kiradi.
Хalqaro avtomobil transporti bilan yo‘lovchilarni tashishda davlatlararo chegaralar kesib o‘tiladi.
Yo‘lovchilarni tashish umumfoydalanish transporti bo’yicha quyidagi umumiy xulosalarni keltirish mumkin:
markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston tashishlarni rivojlantirish imkoniyati eng yuqorilardan hisoblanadi. Bir tomondan ko‘p sonli davlatlar bilan qo‘shni ekanligi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hisobiga, ikkinchi tomondan mavjud zich avtomobil yo‘llari har tomonlama tashishlar hajmi va samaradorligini oshirish imkonini yaratadi;
jamoat transportining, ayniqsa shaharlarda yo‘nalisharda ishlovchi avtomobillarning yonilg‘ini tejab sarflaydigan, ekologikligi va harakat xavfsizligi darajasi yuqori bo‘lgan, boshqarish qulay, kam servis va ta’mirtalab turlarini ishlatish maqsadga muvofiq.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling