Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари
Download 101.5 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlari faoliyati tashkil topishi va huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Davlat soliq qo’mitasi, uning huquqlari va maiburiyatlari.
O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlari faoliyati tashkil topishi va huquqiy asoslari Reja: Davlat soliq qo’mitasi, uning huquqlari va maiburiyatlari. Maxalliy soliq qo’mitasi organlari va ularning vakolatlari. Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari. Bojxona organlari va ular faoliyatining asoslari. 1. Davlat soliq qo’mitasi, uning huquqlari va maiburiyatlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq bosh boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga aylantirisli to'g'risida»gi farmoniga ko'ra, nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini tartibga solish, yagona soliq siyosatini o'tkazish, mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida Davlat soliq qo'mitasi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 martda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasini tashkil qilish va uning faoliyati to'g'risida»gi 114sonli qaroriga muvofiq, ushbu qo'mita soliq siyosatini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi nazorat organi hisoblanadi. Soliq qo'raitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirlikiar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar totnonidan, ularning mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, bajarilishi shaitdir. Ko'rsatilgan farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi to'g'risidagi nizom ham tasdiqlandi. Vazirlar Mahkaraasining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risidaftgi 14-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yangi nizom O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Davlat soliq qo'mitasi soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat qilish bo'yicha markaziy organi hisoblanadi. Davlat soliq qo'mitasining tasarrufida bo'lgan va mamlakatimiz soliq organlarining yagona tizimini tashkil etuvchi organlar quyidagilar hisoblanadi: - Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari; - viloyatlar davlat soliq boshqarmalari; - tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va unga qarashli muassasalarning mansabdor shaxslari huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining vazifalari hisoblanadi: a) O'zbekiston Respublikasi da o'tkazilayotgan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish; b) nazorat organlari tomonidan olib borilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini barcha tekshiruv va taftishlarini muvofiqlashtirish; v) quyidagilar bo'yicha ishni tashkil etish va ular ustidan nazorat qilish; - soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar (keying! o'rinlarda soliqlar deb yuritiladi) to'g'ri hisoblab chiqarilishi, to'liq va o'z vaqtida tolanishi; - soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, soliq to'lovchilarga soliqlar bo'yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko'rsatish; ~ soliq solinadigan subyektlar va obyektlaming to'liq va o'z vaqtida hisob0a olinishini ta'minlash; - soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi o'ziga yuklatilgan vazifalami boshqa davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda bajaradi. Davlat soliq qo'mitasi zimmasiga yuklangan vazifalaiga muvofiq, quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to'g'ri hisoblanishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, mana shu maqsadda: -soliq solinadigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqilgan va to'langan soliqlarning to'liq va o'z vaqtida hisobga olinishini, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta'minlash; - soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini to'plash, tahlil etish va baholash harnda soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarga yo'l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida tegishli organlarga takliflar kiritish; -yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq to'lovchi sifatida ro'yxatga olinganliklari to'g'risidagi hujjatlarni, ro'yxatdan o'tkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish; Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling