Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари
Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Download 101.5 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlari faoliyati tashkil topishi va huquqiy asoslari
3. Davlat bojxona idoralari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi (DBQ) davlat boshqamv organi hisoblanadi va o'z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o'tkazilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. U o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi. DBQning qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari barcha jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar tomonidan, ularning mulkchilik shaklidan qat'i nazar, bajarilishi majburiydir. O'zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 iyulda tasdiqlangan Davlat bojxona qo'mitasi to'g'risidagi nizomga ko'ra, DBQ organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan vakolatlar doirasida uning iqtisodiy xavfsizligin ta'minlash; -respublika boj siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish; - boj qonunlariga rioya etilishini nazorat qilisb; - respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ko'maklashish; - xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashish; -O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi bojxona ishiga oid majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash; - boj poshlinalari, soliqlar va boshqa boj to'lovlarini undirish; -respublikaning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy munosabatlarini boj-tarif tartibga solish vositalarini ishlab chiqish va samarali qo'llash; -O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o'tadigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona tekshiruvini ta'minlash; -respublikaning bojxona chegarasi orqali tovar oboroti o'tishini jadallashtirishga ko'maklashuvchi shart-sharoitlar yaratish; - kontrabandaga, bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish, respublikaning bojxona chegarasi orqali giyohvandlik moddalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog', valuta boyliklari, milliy boylik hisoblangan badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, intellektual mulk obyektlari g'ayriqonuniy olib o'tilishining oldini olish; -bojxona statistikasi va maxsus bojxona hisoboti tizimini yuritish, O'zbekiston Respublikasi hukumatini, manfaatdor vazirliklar va idoralarni bojxona ishiga tegishli masalalar bo'yicha axborot bilan ta'minlash; -bojxona ishi sohasidagi faoliyat to'g'risidagi axborotni to'plash va uni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish; - tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; -kadrlar to'g'ri tanlanishi va joy-joyiga qo'yilishini, DBQ organlari shaxsiy tarkibi xizmat tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada bo'lishini ta'rainlash, davlat organiari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; - bojxona brokerlari, bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do'konlari ishi, tovarlarga bojxona hududida va bojxona nazorati ostida qayta ishlov berilishi ustidan nazoratni ta'minlash; -bojxona ishi sohasida ihniy-tadqiqot ishlarini va maslahatlar berishni tashkil etish; -bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bojxona atrofi infrastrukturasi rivojlanishiga ko'maklashish; -O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlar bilan belgilanadigan boshqa vazifalar. DBQ organlari yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar: - yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi; - O 'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashadi, belgilangan tartibda va o'z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo'yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tiizadi; - respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o'simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko'maklashadi; -belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta'minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi; - bojxona qonunchiligiga va o'z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlami ishlab chiqadi va qabul qiladi; -bojxona tartibga solish vositalari qo'llanilishini ta'minlaydi, bojxona-tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish, ularni ishlab chiqish va amalga oshirilishida b Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling