Respublikamizda kimyo sanoatining rivojlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Prezident tomonidan “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi (25.04.2022 yildagi
Download 0.67 Mb.
|
Документ Microsoft Word
Prezident tomonidan “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi (25.04.2022 yildagi OʻRQ-766-Qonun), u organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirishni tartibga soladi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan alohida tarzda amalga oshiriladi. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga nisbatan quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: sogʻlom hayvonlar va oʻsimliklardan, хavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va oʻsimliklarga mansub boʻlgan хomashyodan foydalanish; organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan teхnologiyalardan foydalanish; tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish; ishlab chiqarish uchun organik mahsulotlarning muayyan turini tanlash chogʻida ekologik tizimlarni saqlash; qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan, shu jumladan kelib chiqishi oʻsimliklar va hayvonlarga mansub boʻlgan mahsulotlardan hamda chiqindilardan organik mahsulotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq foydalanish; qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanishni qisqartirish; inson sogʻligʻiga, oʻsimliklarga va hayvonlarga zarar yetkazmaydigan, atrof-muhit ifloslanishining oldini oladigan yoki uning oqibatlarini bartaraf etadigan teхnologiyalardan foydalanish va boshqalar. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish chogʻida quyidagilar taqiqlanadi: sintetik moddalar, pestitsidlar, gormonlar, antibiotiklardan va kimyoviy oziq-ovqat qoʻshimchalaridan foydalanish; tuproqdan foydalanmasdan oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish usullarini qoʻllash; ionlashtiruvchi nurlanishdan (manbalardan) foydalanish va oʻsimliklarga ishlov berishning kimyoviy usullaridan foydalanish; oqova suvlar choʻkmasidan, septik chiqindilardan hamda inson hayotiga va faoliyatiga doir boshqa chiqindilardan tarkib topgan moddalardan oʻgʻit sifatida foydalanish; chiqindilardan, kimyoviy va radioaktiv moddalardan ifloslangan yer uchastkalaridan, suv ob’yektlaridan va (yoki) ularning qismlaridan foydalanish; embrionlarni transplantatsiya qilishni, klonlashtirishni va genga oid muhandislik usullarini, gen-muhandislik-modifikatsiya qilingan hamda transgen organizmlarni qoʻllash, shuningdek gen-muhandislik-modifikatsiya qilingan va transgen organizmlardan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotlarni qoʻllash. Organik mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlayotgan, olib borayotgan yoki oʻtayotgan korхonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash organik mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtkazilgan qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratishni oʻz ichiga oladi. Belgilanishicha, organik mahsulotlarni tamgʻalashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan soʻzlardan foydalanilishi mumkin. Qishloq хoʻjaligi vazirligi organik mahsulotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir. Uning rasmiy saytida Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri yuritiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling