Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan
Download 169.7 Kb.
|
KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashq qilish
- Tarbiyalanadigan holatlar
O'rgatish - bu tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan axloqiy me'yorlarni ularning xulq-atvoriga singdirish, ko'nikmalar hosil qilishni kundalik faoliyatga aylantirish va
doimiy bajarihshini tashkil etishdir. O'qituvchi ushbu barqaror odatlarning shakllanishida o'quvchilarga yordam beradi. Belgilangan axloqiy va ma'naviy me'yorlarni kuzatish, shuningdek, mavjud qoidalarning (shaxsiy gigiyena, muomala va boshqalar) bajarilishi shaxs rivojlanishining ilk bosqichlarida yaxshi samara beradi. Tarbiyaviy vositalar tarbiyalanuvchilarga nimani, qanday va nima uchun bajarish kerakligini tushuntirish o'qituvchidan talab etiladi. Bir vaqtning o'zida o'qitish, xatti- harakatlar bajarilishining tekshirilishini ham ko'zda tutadi. Mashq qilish fe’l-atvorga xos odatlarni, aniq sohada faoliyatning maqbo’l algoritmini shakllantirish maqsadida harakat usullarining ma'lum bir tartibda qaytarilishidan iborat. Mashq qilish metodining vositalariga oilada, ta'lim muassasasida va boshqa jamoat joylarida belgilangan tartibga rioya qilish, to'g'ri tashkil etilgan o'quv faoliyati, bir maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy topshiriqnomalar kiradi. Bu keng ma'noda o'qituvchi-tarbiyachi rahbarligida ijtimoiy me'yorlarga muvofiq xatti-harakatlar uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, o'quvchilar hayoti va faoliyatining to'g'ri tashkil etilishidir. Mashq qilish o'rgatishga tayanadi, shuning uchun o'qituvchi asosiy vazifani bajaradi. Rejalashtirish, ijro etish, baholashda jamoada faol bo'lish o'quvchining iqtidorini rivojlantiradi va axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Biroq o'rgatish va mashq qilishda o'quvchilar faoliyatining ijobiy tomonlariga tayanish lozim va o'z navbatida ularni shakllantirgandagina samara berishini hisobga olish zarur. Tarbiyalanadigan holatlar - bu o'qituvchi tomonidan ziddiyatli holatlarda mustaqil tarzda amalga oshiriladigan o'quvchilarda ijobiy fe'l-atvor ko'nikmalarini shakllantiruvchi murakkab vositalardan biridir. Buning uchun tasodifiy ziddiyatli holatlarni modellashtirish, guruhda nizolarni bartaraf etishda foydalanish, muammoni to'g'ri hal qilish yo’llarini tanlash kabi vositalardan foydalaniladi. Download 169.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling