Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari:
Barkamol shaxsni shakllantirish muammosini ijtimoiy zaruriyat sifatida e'tirof etish;
Tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish;
Tarbiya jarayoniga mujassam holda, tizimli yondoshish mohiyatini asoslash;
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga erishishning nazariy va amaliy asoslarini ochib berish;
Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, muhim tamoyillari, amaliyotini ilmiy asoslash;
Tarbiyalanuvchilarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ta'lim muassasalarining har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish;
Tarbiya texnologiyasini rivojlantirish uchun malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash tizimini o'rganish;
Tarbiya texnologiyasining samarali pedagogik-psixologik uslublarini izlash va joriy etish;
Tarbiyaning barcha masalalari bo'yicha malakali maslahat xizmati ko'rsatish imkoniyatlarini yaratish;
Tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga nisbatan ijodiy va mas'uliyatli yondashish zarurligini tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarga anglatish kabilar.
Kurs ishining predmeti: Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash tizimi.
Kurs ishining ob'yekti: Bo’lajak o'qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borish jarayoni.
Kurs ishining Tadqiqot usullari: ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o'quv-uslubiy hujjatlarni o'rganish, tarbiyaviy tadbir o’tkazish amaliyotini kuzatish, sintezlash, maqsadli suhbat, amaliy metodlar va boshqalar.
I-BOB. TARBIYA TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |