Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan


Download 169.7 Kb.
bet5/18
Sana23.03.2023
Hajmi169.7 Kb.
#1287395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KIRISH

1.2 TARBIYA QONUNIYATLARI VA TARBIYA MAZMUNI VA TAMOYILLARINI MODELLASHTIRISH
MODELLASHTIRISH - obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo'lgan hamda quriladigan modellarini o'rganish va ishlab chiqishdir. Shunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanish, ularni yaxlit pedagogik hodisa sifatida uslublarini o'rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Modellashtirishning shakli va qo'llanilishi foydalaniladigan modellar va ularni qo'llash sohalariga bog'liq. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko'ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to'g'risidagi muammo "pedagogik modellashtirish" nomini olgan.
Modellar xarakteriga ko'ra predmetli va belgili (informatsion) modellashtirishga bo'linadi. Shartli ravishda ular asl obyektning belgilangan funksional xususiyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot modellari
predmetli modellashtirish deb ataladi.
Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar belgili modellashtirish sifatida namoyon bo'ladi.
Modellashtirilishi lozim bo'lgan obyektning xarakteri va yosh xususiyatlariga ko'ra, avvalo, uning xutq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnologiyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e'tiborga olish zarur:

  1. Barcha tarbiyalanuvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan tarbiyaviy jarayonni modellashtirish.

  2. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo'lmagan tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan o'zaro tarbiyaviy faoliyatni modellashtirish.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning shakllanishiga qaratiladi.

Download 169.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling