Respublikamizdagi elektr energetikasi tizimining umumiy tuzilishi. Elektr uzatish tarmoqlari va uskunalarining umumiy tasnifi


n-rasm. Turli davlatlar Elektr tarmoqlaridagi yo’qotishlar ulushi


Download 82.92 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi82.92 Kb.
#1440132
1   2   3   4
Bog'liq
Content

n-rasm. Turli davlatlar Elektr tarmoqlaridagi yo’qotishlar ulushi
Elektr energiyasining 10% darajasidagi yo'qotishlari elektr energiyasini tarmoqlar orqali tashish fizikasi nuqtai nazaridan maksimal ruxsat etilgan deb hisoblanishi mumkin. Ushbu qiymatlardan oshib ketishi aniqlanganda, yo'qotishlar tarkibida tijorat yo'qotishlar mavjudligini ko'rsatadi. Sobiq SSSR tomonidan tashkil etilgan elektr energiya tizimlarida elektr energiyasini yo'qotish darajasining normasi tijoriy yo’qotishlar bo’lmaganda 10% dan oshmasligi ko`pgina sobiq SSR davlatlaridan olingan ma`lumotlar asosida o’z tasdiqini topgan.
Har bir davlatning o‘z elektr tizimi va unda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilish darajasiga qarab qabul qilingan (uzatilgan) elektr energiyasiga nisbatan yo‘qotishlar ulushi har xildir. Bu ko‘rsatkichlar Yevropa va Osiyodagi rivojlangan mamlakatlarda 5–8% bo‘lsa, Rossiya, O‘rta Osiyo va arab davlatlarida 10–16% ni tashkil etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi energetika tizimida o’ta yuqori kuchlanishli 500-220 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishni “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. 110-35-10(6)-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatish, ulgurji va aholi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berilishini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tizim korxonalari ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimi bo‘yicha “O‘zbekenergo” AJ(hozirda ushbu AJ o’rnida 3 ta aksiyadorlik jamiyatlari “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansisyalari” AJ tashkil etilgan)ning hisobotlariga ko‘ra, 2017-yilda jami texnologik isroflar 14,54% tashkil etib, tasdiqlangan me'yor 14,90% dan iborat bo’lgan. 2018-yilda esa texnologik yo‘qotishlar me'yori 15,33% deb belgilangan bo‘lsa-da, amalda 15,13% ni tashkil etgan2. 2018-yilda “O‘zbekenergo” AJ o’rnida tashkil etilgan korxonalar kesimida olib ko‘rilganda, quyidagicha bo‘ladi:
1. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar bo’yicha – 0,68 %
2. “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi o’ta yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari bo’yicha – 2,47 %
3. “Hududiy elektr tarmoqalari” AJ tarkibidagi elektr uzatish tarmoqlari bo’yicha – 12,82 %
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga qarashli 500–220 kV li magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlar yillar davomida qabul qilingan elektr energiyasiga nisbatan kamayib borishiga erishilgan.


Download 82.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling