Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi
Download 26.26 Kb.
|
insonoarvarlik tamoili
Яна ўқинг: Ҳикмат ойнаси
“Yoshlik” talabalar shaxarchasi xududida joylashgan ta`lim muassalarida va talaba-o‘quvchilar turar joylarida 75 ta ma`naviy-ma`rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda 3 055 nafar talabalar qamrab olindi. Tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda aholi o‘rtasida va o‘quv muassasalarida ta`lim olayotgan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida 1 955 ta ma‘ruza, davra suhbatlari, uchrashuv hamda seminarlar tashkil etildi. Bunda 143 883 nafar fuqaro qamrab olindi. Ularga muruvvat yordami tarzida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan 8 turdagi 16 826 dona buklet va risolalar tarqatildi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlarning mavzusini tanlashda, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasidagi nikohlarga, voyaga yetmagan qizlarda homiladorlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarga katta e‘tibor qaratish, aholi o‘rtasida mavzuga doir targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda respublika Prezidenti va hukumatimizning yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar xamda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga e‘tibori oshib bormokda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-maydagi “2011-2015-yillardagi yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1542-sonli qarori buning yaqqol dalilidir. Ushbu qarorning amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida, Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahri Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 14 ta tibbiy-ijtimoiy patronaj ko‘chma brigadalari tomonidan yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, turli guruhdagi nogironlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, xayriya yordami ko‘rsatildi. Hisobot davrida tibbiy-ijtimoiy patronaj bilan 7 220 nafar pensionerlar qamrab olindi. Kam ta`minlangan oilalarni va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy himoya qilish va ularga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan bepul 37 286 quti, 81 736 dona dori-darmonlar va 54 958 dona sanitariya va gigiena vositalari, hamda 5 651 dona kiyim-kechaklar, 557 kg oziq-ovqat mahsulotlari xayriya yordami sifatida tarqatildi. c Download 26.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling