Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltingugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi


Download 74.02 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi74.02 Kb.
#1048782
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom Kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


“MKTF” KAFEDRASI 53-20 MT GURUH

TALABASI ANVAROV ISLOMBEKNING

KURS ISHI



|MAVZU: KIMYO SANOATI KORXONALARI MAXSULOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA BIRJALARNING O’RNI VA AHAMIYATI



Qabul qildi: __________________________________





Tashkent 2022


MAVZU: KIMYO SANOATI KORXONALARI MAXSULOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA BIRJALARNING O’RNI VA AHAMIYATI



RЕJA:


KIRISH.

I. ASОSIY QISM

1.1 MAXSULOTNI REALIZATSIYA QILISH TUSHUNCHA VA UNING SHAKLARI
1.2 REALIZATSIYA QILISH MANBALARI VA YO’NALISHLARI
II. AMALIY QISM

2.1 KOOS KORXONALARIDA REALIZATSIYANING ROLI


2.2 MAXSAM CHIRCHIQ KORXONASIDA REALIZATSIYA QILISHDA BIRJANING O’RNI

III. ХULОSA.


FОYDALANILGANADABIYOTLAR.


Kirish
Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltingugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940-yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) mahsulot bera boshladi.
1962-yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi (bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ) ishga tushirildi.
1964-iylda Navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi.
1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlari azotli o'g'itlar: ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar. «Ammofos», «Samarqandkimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari fosforli o'g'itlar: ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat ishlab chiqaradilar. Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi. «Elektroximzavod» AJ QK o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo'lish mumkin:

  • mineral o'g'itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;

  • organik kimyo, sun'iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi;

  • o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi;

  • kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.

«O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170 dan ortiq kimyo mahsulotlari turlari ishlab chiqariladi.



  • Soʻnggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sogʻlomlashtirish va ularnin gfaoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

  • Shu bilan birga, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalda roʻyobga chiqarish, eng avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilishi zarurligini taqozo etmoqda.

  • Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va tarmoqni diversifikatsiya qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini kengaytirish maqsadida:

  • 1. “Oʻzkimyosanoat” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan toʻldirilgan, hisoblangan qiymati12,1 milliard AQSH dollariga teng, shu jumladan1,7 milliard AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin:


  • Download 74.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling