Республикаси Олий ва Ўрта


Download 81.58 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi81.58 Kb.
#1490959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 7-ma\'ruza (1)

KASBNI EGALLASH deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo’naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini echish tushuniladi. Individuallikning mohiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini hal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini hisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy tahlil orqali shaxsning xususiyatlari ko’rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Hozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis (diagnoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o’rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo’lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir.
Kasbiy faoliyatni tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya mohiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi. Kasbiy faoliyatning tahlili maqsadga yo’naltirilgan va tashkiliy jarayon hisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo’ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar to’plash; b) olingan ma‘lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v) amaliy va nazariy masalalarni echish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar).
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maqsadga erishuvini tavsiflovchi har xil ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan uquvchanlik, mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko’rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo’shgan hissasi qo’llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi:
1) Samaradorlikning to’g’ridan to’g’ri ko’rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog’i;
2) Kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar;
3) Kasbiy layoqatini ifodalovchi ma‘muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lavozimidan ko’tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stendga joylashtirish;
4) Kadrlar qo’nimsizligi;
5) Noxush holatlar (kechinmalar) va shikastlar (halokatlar); 6) Faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o’zini o’zi baholash kabilar. Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma‘lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevantlikligi (adekvatligi, validligi) deganda samaradorlik ko’rsatkichi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonlarini aks ettirish lozimligi, ya‘ni mezonlar to’laqonligi. Ular mutaxassislarning kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz (mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya‘ni amaliy jihatdan qulayligi muhim o’rin egallaydi va u o’zining soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o’lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo’sh) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo’llaniladi. Shkalaning sodda ko’rinishi ball bilan baholashga mo’ljallangan. Shkalani baholash o’ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi. Ba‘zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko’rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo’llanilib kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog’liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo’qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko’rinishlari namoyon bo’ladi.
Kasbiy layoqatni o’rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub‘ekti kasbiy mahoratning maksimal ko’rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o’tkaziladi.

Download 81.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling