Республикаси Олий ва Ўрта


Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur va nutq


Download 81.58 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi81.58 Kb.
#1490959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 7-ma\'ruza (1)

7. 2. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur va nutq.
Tafakkur jarayonlari (fikrlash) o’ziga xos xususiyatlarga, qoidalarga bo’ysunadi. Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o’rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir. Tafakkurning quyidagi operatsiyalari mavjud: analiz, sintez, taqqoslash, konkretlash, umumlashtirish va sistemaga solish;
Analiz – ob‘ektning muayyan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o’rganilayotgan ob‘ektni fikran bo’laklarga, qismlarga, elementlarga bo’lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g’oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayyan xususiyatlari ajratib olinadi.
Sintez. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponetlarni birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o’zaro bog’liqdir.
Taqqoslash- narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko’rish va ular orasidagi o’xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintaz qilmasdan turib ular orasidagi o’xshashlik va tafovutlarni topib bo’lmaydi.
Konkretlashtirish – bu noma’lum narsa qismlarining aniq vazifasini bilish.
Taqqoslash davomida narsalarni umumlashtirish amalga oshiriladi. Umumlashtirish o’xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik buyicha kit baliq hisoblaanadi (yuzaki belgi) ikkinchi umumiylik asosida esa kit sutemizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida).

Kishi tafakkuri nutq bilan chambarchas bog’langandir. Fikr nutqdan, tildan tashqarida mavjud bo’lmaydi, vujudga kelmaydi. Tafakkur va nutqning birligi kishilarning o’zaro aloqa fakti bilan isbotlanadi. Kishilar nutq yordamida o’z fikrlarini bir-birlariga beradilar, bayon qiladilar va bildiradilar. Agar kishi lug’atida tegishli so’z bo’lmasa, lekin u bu so’z yordamida kerakli fikrni ifodalashni istasa, bu fikrni boshqa kishiga bildirish mumkin bo’lmaydi.
Tafakkur va nutqning birligi shu fakt bilan isbotlanadikim, kishilar tegishli tilda so’zlar yordamida fikr yuritadilar. Har bir kishi so’z yordamida o’z ona tilida: o’zbek-o’zbek tilida, rus – rus tilida, ingliz-ingliz tilida nimanidir o’ylaydi. Agar kishi ikki - uch tilni yaxshi bilsa, u Ayni vaqtda aloqa quroli sifatida foydalanilayotgan shu tildan birida o’z fikrlarini ifodalaydi. Biroq tafakkur va nutq birligi haqida so’z borar ekan, ularning aynanlashtirish yaramaydi. Tafakkur va nutq o’z xususiyatlariga ega bo’lib, tafakkurni nutq bilan bir narsa deb bo’lmaydi. Avvalo nutq va tafakkur o’rtasidagi farq shundan iboratki, bir xil fikr xar xil tillarda bir xil ifodalanishi mumkin.
Nutq va tafakkur o’rtasidagi farq yana shundan iboratki, bir xil fikr bir xil tilda har xil so’zlar bilan ifodalanishi mumkin. Buni shunday tushunish kerakki, tushuncha va so’z hamma vaqt bir xilda ma’nodosh (bir ma’noli) bo’lib chiqavermaydi. Har xil so’zlar yoki tovush konplekslari bilan ifodalanishi mumkin bo’lgan juda ko’p tushunchalar mavjuddir. Masalan, «Ayiq» degan o’zbekcha so’z ma’lum bir tushunchani hayvon turini bildiradi. Bu so’zning asosiy ma’nosi ham shundan iboratdir. Asosiy ma’no bilan bir qatorda «ayiq» so’zi «qupol», «qovushmagan kishi» ma’nosida ham ishlatilishi mumkin.
7.3. Tafakkurning individual xususiyatlari. Turli kishilarda tafakkur xususiyatlari turlicha tarkib topgan va turlicha namoyon bo’ladi. Kishi tafakkuri faoliyatining individual xususiyatlari avvalo turmush jarayonida ongining rivojlanish, tarbiyalash, borliqni tushunish natijasi hisoblanadi. Kishilarning fikr yuritish faoliyatidagi farq tafakkur sifatlarining, ya’ni ulardan eng muhimi bo’lib, aqlning ildamligi va pishiqligi (egiluvchanligi), mustaqilligi va tanqidiyligi, kengligi va chuqurligining har xil bo’lishida vujudga keladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.

Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko’ra bilish va qo’ya bilishda, undan so’ng esa uni o’z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo’ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o’z ifodasini topgan. Tafakkurning mustaqilligi kishining yangi masalalarni ilgari sura olishi va hech kimning yordamiga suyanmay ularga kerakli javob va yechish usullari topa olishi bilan xarakterlanadi. Mustaqil aql egasi bo’lgan kishilar boshqalarning tajriba va bilimlarini ongli ravishda o’zlashtiradilar va ularni ijodiy tadbiq qiladilar.
Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, masalani yechishning boshda belgilangan yo’li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo’lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo’lni o’zgartira olishdan iboratdir.
Tafakkurning chuqurligi kishi bilish faoliyatining muhim sifatidir. Chuqur aql murakkab hayotiy masalalar mohiyatiga tushunib yetish, voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini anglash, ularning keyingi rivojlanishini oldindan ko’ra olish va atrofni o’rab olgan voqelikni tushunishning haqiqiy yo’l va usullarini topishda ifodalanadi.
Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilingan hollarda talab qilinadi.
Aqlning pishiqligi yangi masalalarni yechish usullarini tanlashda fikrning mustaqil va erkin bo’lishi bilan xarakterlanadi. Pishiq aqlga ega bo’lgan kishi uchun analazda bo’lganidek, isbot qilish va asoslashning yo’l va usullarida ham fikr yuritishning keng doirasi xarakterlidir. Pishiq aqlga ega bo’lmagan kishilarda bu sifatlar bo’lmaydi. Ularning fikri sust bo’lib, ular uzoq vaqt bitta fikrning o’zida turib qoladilar va isbot qilishning yangi usullariga va tafakkur masalalarini yechishga o’ta olmaydilar.
Aqlning ildamligi – bu kishining murakkab muhit sharoitini tezda tushunib olish, tezda fikr yuritish va darhol to’g’ri xulosaga kelish qobiliyatidir. Serfahm, zeg’ni o’tkir kishilar – aql ildamligiga ega bo’lgan kishilardir.
Tafakkurning ildamligi kishi aqliy qobiliyatlarining har taraflama rivojlanish natijasidir. U kishining bilim va ma’lumotlariga, tafakkurning mantiqiy forma va usullarini bilish darajasiga, fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlanish darajasiga bog’liqdir.
Aqlning shoshqolokligi – bu yuzaki aqldir, u masalaning qandaydir bir tomonini oladi va uni hamma tomonlama qarab chiqish qobiliyatiga ega bo’lmaydi.
Tafakkurning yuqorida ko’rsatilgan barcha sifatlari bilish, fikr yuritish faoliyati jarayonining o’zida takomillashadi va bevosita ularning rivojlanish yo’l va usullariga hamda shakllanishiga bog’liqdir.

Download 81.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling