Respublikasi oliy ta’lim, fan


Ilon Mask muvaffaqiyati tarixi


Download 0.81 Mb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1417717
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TESLA BRENDI VA UNING BOSHQARUV FAOLIYATI

Ilon Mask muvaffaqiyati tarixi


Yakunlanayotgan yilda Tesla avtomobillari sezilarli darajada o‘zgardi. InsiderPro nashri afsonaviy kompaniya taraqqiyotining asosiy bosqichlarini yodga oldi. 
2008 yilda Tesla o‘zining ilk elektron avtomobili — Tesla Roadster'ni ishlab chiqarib, butun dunyo e'tiborini jalb qildi. 

Roadster Sport bir martalik quvvatlanishda 400 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi va atigi 3,7 soniyada 100 km/s tezlikka erishdi. Uning asosiy to‘plamdagi bahosi 98 ming dollarni tashkil etdi. Kompaniya saytiga ishonadigan bo‘lsak, u dunyoning 30 mamlakatida 2,4 mingdan ortiq shu modeldagi mashinani sotishga muvaffaq bo‘lgan. 
2012 yilda Model S — dunyodagi birinchi elektrik sedan ishlab chiqarildi 

Avtomobil 5 soniya ichida 100 km/s tezlikka erishdi va bir zaryadda 425 km masofani bosib o‘tdi. Motor Trend's nashri 2013 yilda uni "yil mashinasi" deya e'tirof etdi. Biroq uning narxi arzon emasdi — Amerika soliq imtiyozlarini hisobga olmaganda 106,9 ming dollar.
2014 yil oxirida Model S ikki motorli konfiguratsiyaga ega bo‘ldi — bu dunyodagi ilk ikki dvigatelli elektrokar edi. 

O‘sha yiliyoq Autopilot funksiyasi barcha modellar uchun standartga aylandi. Avtomobil uch versiyada ishlab chiqarildi: 60D, 85D va top P85D. Suratda so‘nggisi tasvirlangan. 
O‘shanda kompaniya blogida quyidagicha yozuv qoldirilgandi: "P85D 250 km/s tezlikda harakatlana oladi, 100 km/s'ga yetishi uchun atigi 3,2 soniya yetarli, bu McLaren F1 superkarini ortda qoldiradi deganidir".
P85D bir zaryadda 460 km masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, uning narxi esa 71,2 ming dollarni tashkil etdi, biroq joriy yilning fevralida bu model ishlab chiqarishdan olib tashlandi. 
2015 yilning boshida Tesla xaridorlarga Model S'ning uch yangi versiyasini taklif qildi: 70D, 90D va P90D.

Diqqatni P90D'ga qaratamiz — u Ludicrous rejimi bilan birga taqdim etiladi, u 100 km/s'ga atigi 2,8 soniyada yetadi. Mashina endigina paydo bo‘lgan vaqtda omma orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. U bir zaryadda 400 km'dan ziyod masofani bosib o‘tadi, maksimal tezligi esa - 250 km/s. 
Model S bahosi taxminan 66 ming dollardan boshlanadi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling