Respublikasi oliy ta’lim, fan


yilning sentabrida Tesla zamonaviy uslubdagi ko‘tarma eshikli Model X'ni taqdim etdi


Download 0.81 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1417717
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TESLA BRENDI VA UNING BOSHQARUV FAOLIYATI

2015 yilning sentabrida Tesla zamonaviy uslubdagi ko‘tarma eshikli Model X'ni taqdim etdi.

Model X ham Model S kabi uch turli versiyada taqdim etiladi. Ularning eng arzoni qiymati 74 ming dollardan boshlanadi, eng ko‘p ishlab chiqariladigani esa bir zaryadda 400 km masofani bosib o‘ta oluvchi P90D bo‘ldi. U Ludicrous rejimida 3,2 soniyada 100 km/s'gacha harakatlanadi. Maksimal teziligi esa - 250 km/s.
Model X'ni ishlab chiqarishda muayyan muammolar yuzaga keldi, shu bois u biroz kechroq taqdim etildi. 
Mart oyida Tesla kompaniyasi iste'molbop Model 3'ni namoyish qildi va oldindan deyarli 400 ming buyurtmani qo‘lga kiritdi.

Model 3 qiymati 35 ming dollardan boshlanadi, bu avtomobilni elektromobillar bozorida juda raqobatbardosh qiladi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bir zaryadda bosib o‘tiluvchi masofa - 350 km'ga yaqin, 100 km/s'ga esa u 6 soniyada erishadi. 
Bundan tashqari, Tesla rahbari modelning bozorga chiqariladigan payti - 2017 yil oxiri yoki 2018 yil boshiga borib, bu ko‘rsatkichlardan-da o‘zib ketishga umid qilmoqda. Oldindan buyurtma qiluvchilar soni shu qadar ko‘payib ketdiki, ishlab chiqarishning birinchi yilidagi barcha avtomobillari band qilinib ulgurgan. 
Yaqinda Model S va Model X bir zaryadda harakatlanish masofasini uzaytiruvchi batareyalarga yangilandi.
Avgust oyida Ilon Mask Ludicrous rejimli Model S va Model X modifikatsiyalari yangi batareyaga ega bo‘ladi.

Model S u bilan 500 km'dan ortiq masofani bosib o‘tadi — bu bozordagi birinchi shunday elektromobil hisoblanadi; Model X esa - 465 km'ni. 
Yangilanish shuningdek Model S P100D'ga Ludicrous rejimida atigi 2,5 soniyada 100 km/s tezlikka erishish imkonini beradi. Bu modelni ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning uchinchi seriyali avtomobiliga aylantiradi. Model X 2,9 soniyada o‘t oladi va dunyodagi eng tezkor katta mashina hisoblanadi. 
Yangilanish u qadar arzonga tushmaydi: avtomobil egalari batareyani 20 ming dollarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi, yangi xaridorlarga esa u 10 ming dollarga tushadi.
Yakuniga yetayotgan yil Autopilot yili bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Yanvar oyida Tesla dasturiy ta'minotni 7.1 versiyasigacha yangiladi, buning natijasida Model S va Model X bir necha qiziqarli yarim avtonom funksiyalarga ega bo‘ldi. 

Yangilanish avtomatik tormozlash, harakat chizig‘ini almashtirish va ko‘rinmas zonada faollikdan ogohlantirish funksiyalarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek mashinalar ajratuvchi chiziqlar bo‘lmagan yo‘llarda harakatlanish, avtomobilni parallel joylashtirish hamda tirbandliklarni inobatga olgan holatda tezlikni nazorat qilishga "o‘rgatildi". 
Bu yangilanishning eng qiziq xususiyati — mashinani bir tugmani bosib chaqirish imkoniyati. Taqdimotga qadar uning Autopilot paketi qo‘shimcha 2,5 ming dollarni tashkil qildi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling