Respublikasi oliy
KO‘CHMA MASHG‘ULOT MATERIALLARI
Download 304.33 Kb.
|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua
KO‘CHMA MASHG‘ULOT MATERIALLARIMavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashning zamonaviy texnologiyalari Mashg‘ulot maqsadi: «Bolalarni maktabga tayyorlash» moduli doirasidagi yutuqlar va innovasiyalar bilan tanishish. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Tajribali professor-pedagog yoki mutaxassis faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotining maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi dars- mashg‘ulotlarini kuzatish, o‘rganish va tajriba almashishadi. «Bo- lalarni maktabga tayyorlashning zamonaviy texnologiyalari» mavzusi bo‘yicha mutaxassis tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etishadi. Ko‘chma mashg‘ulot «Bo- lalarni maktabga tayyorlash» moduli doirasida, talab darajasidagi moddiy-texnika bazaga ega va ilmiy-uslubiy jihatdan tajribali professor- pedagoglar va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarining mutax- assislik kafedralari, ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarda tashkil eti- ladi. Ko‘chma mashg‘ulot guruh jurnaliga qayt etilib OTM tegishli fakultet tomonidan tasdiqlanadi. Mashg‘ulot mazmuni: Tayanch tushunchalar: mashg‘ulot, rivojlantirish, takomillash-tirish, tizim, uzviylik, mazmun, metodika, shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’limtashkilotlari va oila oldida turgan muammolar. Maktabgacha ta’limn- ing maqsad va vazifalari. Davlat talablarida maktabgacha ta’lim- tarbiyaning mazmuni. Bolalarni maktabga tayyor-lash fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishini davr talabi ekanligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bo- lalarni rivojlantirish boskichlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotida Davlat talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlash. Maktabga tayyor bolaga qo‘yiladigan davlat talab-lari. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’lim vazifalari. Maktabgacha ta’limni tashkil etish va maktabgacha ta’lim turiga peda- gogik kadrlarni tayyorlash masalalari. Maktabgacha tarbiya konsepsiyasi mazmuni. Mak- tabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy etukligiga qo‘yiladigan davlat talablari. Makta- bgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy jixatdan etukligiga qo‘yiladigan minimal talablar. Bolalarning ma’naviy kamolotini tarbiyalashda oila va maxallaning roli. Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligi. Bolaning maktabga psixologik tayyorligi. Umumiy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qishiga jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanganlik darajasi; Nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi. Ma’naviy madaniy etuklik. Intellektual (aqliy) tayyorgarlik. SHaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik. Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari xaqida. Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tahlili. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini tashxislash usullari. Bolalarni maktab rejimiga tayyorgarligi. Bolaning normal rivoj-lanishi. 6 yoshli bolaning taxminiy kundalik rejimi. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik. MTT-i guruxlaridagi bolalarga ta’lim- tarbiya berishning maqsad va vazifalari. MTTda tarbiyalanayotgan bolalarning aqliy rivojlanishini aniqlash va mustaxkamlash. Akliy rivojlanishni aniqlash mashg‘ulotlari. Didaktik (sensor) mashg‘ulotlar, o‘yinlar. MTTning turli yosh guruxlarida bolalarni maktab ta’limiga jismoniy tomondan tayyorgarligini aniqlash. Bo- lalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining axamiyati. Bolani maktabga tayyorlashda tibbiy ko‘rikning axamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda sog‘lom- lashtirish. MTTdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni tibbiy, psixologik-pedagogik ku- zatuv daftari. Bolani maktab ta’limiga tayyorlashga ta’sir etuvchi omillar. Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTT ning o‘rni. Bolalarni maktabga tayyorlashda mashg‘ulotning o‘rni. Bolani maktabga tayyorlashda oilani o‘rni. MTTining o‘rni. Bolaning aqliy rivojlanganligi. Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassa-sasining ta’siri. Oilada bolani maktab ta’limiga tayyorlashning metod va usullari. MTM va ota-onalar o‘rtasida olib boriladigan ishlarning mazmun va moxiyati. MTTda mashg‘ulotning o‘rni.Mashg‘ulot turlari. Mashg‘ulot davomida tarbiyaning o‘rni. Makta- bgacha tarbiya-yoshidagi bolalarda mashg‘ulotlar- o‘qitishning tashkil etish shakli. Tarbiyachilar ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish jarayonida o‘zining pedagogik faoliyatini takomillashtiradi, kasbiy sifatlarini oshiradi, zamonaviy mashg‘ulot o‘tishning metod va usullari bilan tanishadi,ishlanmalaridan foydalanadi. Mutaxassislik modullaridan ochiq mashg‘ulotlarni kuzatadi, muhokama qiladi. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy mashg‘ulotlar va ularga qo‘yilgan talablar asosida tahlil qilinadi. Mashg‘ulotni baholash mezonlari: Mashg‘ulot mazmunining dastur talablari va rejaga mosligi; Mashg‘ulot ishlanmasiga ijodiy yondashilganligi; Mashg‘ulotga tayyorgarlik (gigienik sharoitlar, tarqatma va ko‘rgaz-mali materiallarni tanlanishi, jihozlarning o‘z o‘rnida joylanishi, bolalar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi); Sanitar-gigienik talablar (bolalarni stol atrofida ishlash vaq-tida qomatlarini to‘g‘ri tut- ishini nazorat qilish, harakat faolligi: jismoniy daqiqalar, dinamik pauzalar; mashg‘ulot davomida bolalarning joylashishini to‘g‘ri tanlash: stol atrofida yarim doira bo‘lib, gilamda tik turib, mashg‘ulot davoimiyligi); Mashg‘ulot qismlarining soni va har bir qism davomiyligi; Bolalarning mashg‘ulotdagi ishtiroki: - so‘z boyligini oshirish darajasi - javoblarni man- tiqan to‘g‘ri tuzish - xarakatlarni to‘g‘ri tuzilishi; Bolalar bilan ishlash usullari: o‘yin, og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy; Bolalar bilan yakka ishlash; Tarbiyachi tomonidan bolalar ishlarini baholash: Tarbiyachi mahorati: bilim darajasi, bolalarda motivatsiya uyg‘ota olishi, interfaol metodlardan foydalanishi, bolalar jamoasini boshqara olishi, nutqining ravonligi va ifodaliligi. Namunaviy mashg‘ulot (O‘rta va katta guruhlar uchun) Quvonch baxsh eta oladigan ta’limgina, yuqori samaralidir Mavzu: "Bolaga yunaltirilgan ta’lim" Maqsad: O‘zgarishlarni qabul qilish va uni amalga oshirishga o‘rgatish; Tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; Tanlash imkoniyatini yaratish va uni amalga oshirish; Muammolarni to‘g‘ri aniqlash va hal etish; Ijod va ixtirochilikni shakllantirish, namoyon etish; Bolalarni inson, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga odatlantirish. Download 304.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling