Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti amaliy matematika va


Zamonaviy obyektga yo’naltirilgan va vizual dasturlash tillari


Download 1.4 Mb.
bet5/57
Sana26.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1655865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
portal.guldu.uz-Дастурлаш технологиялари

Zamonaviy obyektga yo’naltirilgan va vizual dasturlash tillari.


So’ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta’minoti rivojlanishi asosiy yo’nalishlaridan biri bu obyektga yo’naltirilgan dasturlash sohasi bo’ldi. Obektga yo’naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) tizimlari ham ammviylashdi.


Birinchi OYD elementi Simula-67 (1967 y., Norvegiya) tili bo’ldi. Turbo PASCAL da 5,5 versiyasidan boshlab OYD vositalari paydo bo’ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni yakuni sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo’ldi. Ushbu sistema yordamida tez va oson murakkab bo’lgan grafik interfeysni dasturlash imkoniyati mavjud. 1991 yilda Visual BASIC ning I versiyasidan boshlab bu til to’laligicha obyektga yo’naltirildi (1997 yil).
1985 yilda Bell Labs (AQSH) layuoratoriyasi C++ dasturlash tili yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til OYD tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir.
OYD tillaridan yana biri 1995 yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o’rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad qilingan.
JAVA tili maksimal darajada C++ tiliga o’xshash bo’lishi uchun yaratilgan yaratilgan JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So’ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++davomchisi sifatida C# (Ci sharp) tili yaratildi.

Consol rejimi.


Visual Studio.NET sistemasida dasturni kompilyatsiya qilish va bajarishning bir necha usuli bor. Ko’p hollarda dasturchilar dasturni alohida kompilyatsiya qilib bir nechta klavishalar kombinatsiyalari orqali ishlatishga o’rganishgan.


++ tugmalarini bosish orqali yoki menyuning Build>Build Solution qismini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qilish mumkin. Alternativ variant sifatida instrumentlar panelidagi Build tugmasini bosish ham mumkin.
Dasturni kompilyatsiya qilmasdan ishlatish uchun + tugmasini yoki menyuning Debug->Start Without Debugging qismini tanlash yoki panel instrumentlar qismidagi mos tugmani bosish lozim.


using System; class Hello
{ static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine(“Hello”);
}
}

C# tilida yozilgan dasturni ishlatish uchun:



  1. Kodni fayllar sistemasida biror nom bilan saqlash lozim (hello.cs).

  2. Kommandalar satrida csc /debug hello.cs buyrug’ini bajarish lozim. Ushbu buyrug’ bajarilgach, natijaviy .exe kengaytmali fayl hosil bo’ladi.

Agar kompilyatsiya jarayonida xatolik yuzaga kelsa, ma’lumot chiqariladi. /debug parametri bajariluvchi faylga maxsus simvollarni joylashtiradi. Natijada exe faylni qayta ishlovchi dasturda taxlil qilinayotganda stekni kuzatib borishlari mumkin.

  1. Dasturni ishlatish natijasida, ekranga Hello yozuvi chiqariladi.

C# dasturlash tilida Consol rejimda dastur tuzish uchun yangi loyiha yaratamiz (File/New Project/Visual C#/ Console Application). Ushbu loyihamiz- ning nomini masalan “1-misol” deb nomlaymiz. Bizga C# kodini yozish uchun yangi oyna ochiladi.
Consol rejimida ishlash uchun .NET da Console sinfi ishlatiladi. Bu sinfning afzalligi 2 ta qismdan iborat bo’lib: uning barcha metodlari o’zgarmas, sanoqli bo’lib, uni ishlatish uchun nusxalash shart emas. U kiritish, chiqarish va xatoliklarni chiqarishni o’z ichiga oladi. Odatda kiritish, chiqarish standart
Consol-da amalga oshiriladi (agar u bo’lmasa, masalan oynali masalalarda chiqarish amalga oshirilmaydi), lekin kiritish va chiqarish oqimlarini o’zgartirish mumkin. Consol bilan ishlashda asosan 4 metod ishlatiladi: Read, ReadLine, Write, WriteLine, birinchi ikkitasi kiritish, qolgani chiqarish metodlari hisoblanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling