Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti amaliy matematika va
Download 1.4 Mb.
|
portal.guldu.uz-Дастурлаш технологиялари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari.
So’zboshi“Dasturlash texnologiyalari” faninig bosh maqsadi talabalarga qo’yilgan ko’p tarmoqli masalalarni yechadigan kompyuter dasturlarini tuzishni o’rgatishdir. Shu maqsadda dasturlash tili asosida berilganlar bazasi bilan ishlovchi, web sayt ko’rinishidagi axborot tizimlarini yaratish o’rgatiladi. “Dasturlash texnologiyalari” fani umumkasbiy fanlar blogiga kiritilgan kurs xisoblanib, dasturlash asoslari fani o’tilgandan keyin 2-kurs va 3-kursda o’tilishi maqsadga muvofiq. “Dasturlash texnologiyalari” fani yo’nalishning o’quv rejasidagi “Dasturlash asosladi”, “Algoritmlar nazaryasi”, “Analitik giometriya va chiziqli algebra”, “Diskret matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan mazmuni yo’nalishning o’quv rejasidagi “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Matematik tizimlar” fanlarini o’zlashtirishda tayanch xisoblanadi. Maskud dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab amaliy masalalar o’rganiladi, bu mazkur fanni chuqur o’rgangan xar bir bakalavrga olgan bilim va ko’nikmalarni ishlab-chiqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, ta’lim tizimida samaraliy foydalanish imkonini beradi. 1-mavzu: C# tilida umumlashtirish. Reja:Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari. Protseduraviy dasturlash tillari tarixi. Sun’iy intelekt tillari. Zamonaviy obyektga yo’naltirilgan va vizual dasturlash tillari. Tayanch iboralar: visual, sun’iy, daraja, til, ob’ektga yonaltirilgan, prosedura, C#, C++. Dasturlash tillari rivojining birinchi qadamlari.Birinchi EHM lar uchun dasturlani dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko’rish orasida ancha vaqt o’tar edi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jixoz” o’rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Xopper (dasturchi ayol, AQSH ning dengiz ofitseri) boshchiligida sin x ni hisoblovchi qism dasturi yozildi. Greys Xopperdan boshqalar ham bu ishda ortta qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM si ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo’lgan Short Code sistemasini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Xopper birinchi bo’lib A-O kompilyatorini yaratdi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling