Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


XI-XV asrlarda Misrda madaniy hayot


Download 222.12 Kb.
bet47/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

XI-XV asrlarda Misrda madaniy hayot


X-XI asrlarda Suriya va Misrda madaniy rivojlanish ro‘y berdi. Qohira bunyod etilgandan so‘ng tezda muhim madaniy markazga aylandi. Fotimiylar shoirlar va olimlarni qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, xalifa Aziz (975-996) ning o‘zi ham shoir bo‘lib, uning davrida al-Azxar masjitida o‘ziga xos musulmon universitetiga asos solingan. Saroyda kutubxona bunyod etib, unda 200 ming kitob jamlagan. Xalifa Xokim davrida esa akademiya – Dor al- Xikmaga asos solingan.
Fotimiylar davrida mashxur astronom Ali ibn Yunus (1009-yil vafot etgan), faylasuf, matematik va fizik Ali al-Xasan ibn al Xaysamlar faoliyat olib borgan. Al-Xaysamning optikaga oid ishi o‘z davrining eng zo‘r ishi bo‘lib, keyinchalik lotin tiliga tarjima qilingan.
Misr va Suriyada Mamluklar hukmronligi davrida iqtisod va madaniyat bilan san’at, ayniqsa, me’morchilik, kulolchilik va ma’danlarni qayta ishlash ravnaq topdi.
Tibbiyot sohasida bir qancha buyuk shaxslar bo‘lgan. Ibn Abi Usaybiah (1203-1270) tibbiyot tarixi bobida tanilgan. U yaratgan «Tabobat ilmi tarixi» aksariyati ayni bir paytda faylasuf va olim bo‘lgan 400 tabibning hayoti hamda faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham uning asari arab fanlarining qomusi sanaladi. Qalavun kasalxonasining tabibi bo‘lgan Ali ibn an-Nafis qon aylanish tartibini tushuntirib berdi. Al-Baytariy jonivorlarni davolash sohasida yirik mutaxassis edi. Halablik Ibn Abi al-Mahosin hamda Abdul Fadl ibn an-Nag‘id ko‘z shifolovchi katta tabiblar bo‘lgan. Ibn an- Nag‘id (XIII asr) ko‘z kasalliklarga oid asar yaratdi. Sulton Salohuddin saroyida hakimlik qilgan Hibatulloh ibn Jumay tana jismoniy holatiga ruhiyatning ta’sirini ifodalab, ruhiy jihatdan shifolashga doir shu davrgacha butunlay noma’lum bo‘lgan yangicha davolash usulini tashkil qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqdi. Al-Kift bo‘lsa falsafa va aniq fanlar tarixiga oid asar yaratdi. Tarix sohasida ibn Xaldun (1406-yil vafot etgan) “Al-Muqaddima” asarini yaratdi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, siyosiy jihatdan qudratga erishgan mamluklar davrida madaniyat ham taraqqiy etdi.

Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling