Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Salohuddin Ayyubiy. Suriya va salibchilar


Download 222.12 Kb.
bet44/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Salohuddin Ayyubiy. Suriya va salibchilar


Suriya va salib yurishlari. XI asr oxiriga kelib, Sharqiy O‘rtayer dengizi mamlakatlari siyosiy hayotiga yangi omil - salib yurishlari kirib keldi. Birinchi salib yurishlaridan so‘ng Suriya va Falastinda salibchilarning to‘rtta davlati: Quddus qirolligi, Tripoli grafligi, Antioxiya knyazligi va Edissa grafligi yuzaga keldi. Salibchilar davlati G‘arbiy Yevropa feodal huquqlari asosida boshqarilgan. Bunda asosan Quddus qirolligida yaratilgan “Quddus assislari”ga tayanilgan. Birinchi salib yurishlaridan so‘ng Vizantiya salibchilarning yordamida saljuqiylardan Kichik Osiyoning qirg‘oq bo‘yi hududlarini olib qo‘ydi. Uchinchi salib yurishlari davrida salibchilar Kipr orolini egallashdi. Bu yerda fransuz feodallari tomonidan Kipr qirolligiga (1191-1489) asos solindi. Salibchilar Suriyaning sharqiy qismlarinigina egallay olishmadi.
Birinchi salib yurishidan so‘ng yuzaga kelgan salibchilar davlatlari Yaqin Sharqda yuz yildan ortiq davrda saqlanib qolishining asosiy sabablaridan biri bu hududdagi amir va otabeklar o‘zlarining ichki ishlari bilan band bo‘lgani, saljuqiylarda esa o‘zaro urushlar avj olganida edi.
Shirkuxning o‘limidan so‘ng Misrda hokimiyatni Salohuddin Ayyubiy qo‘lga oldi. Salohuddinning hukmronligining birinchi yilidayoq bosqinchilik uyushtirishdi: 1172-1173 yillar qo‘mondon Baxa ad-din Karakamush at- Takavi Afrikadagi Barku va Tripolini istilo qildi. 1174-yil esa, Misr armiyasi Salohuddining akasi Turanshoh boshchiligidagi Yamanni bosib oldi. Bu yurishlardan maqsad Nuriddin bilan kurashdagi tasodifiy mag‘lubiyatdan qutulish edi. Ammo ushbu yili Nuriddin vafot etdi. Uning vassallari Suriya uchun kurashdi. Nuriddinning vorisi voyaga yetmagan Solihning taxtga huquqini himoya qilish bahonasida Salohuddin qo‘shinni Suriyaga yubordi. Kuchli qarshilik bo‘lmadi. 1174-yil Damashq, Hama, barcha Suriya hududlari egallandi. Xalebdan tashqari Suriyada uning birinchi noibi etib Turanshox tayinlandi. Keyinchalik esa Zangilarning qolgan hududlarini bosib yoki
qo‘shib oldi. Shunday qilib, Misr va Suriyani qo‘l ostida birlashtirgan Salohuddin salibchilarga qarshi kurashni davom ettirdi. Salohuddin avvaliga Tibermasga hujum uyushtirib, 1187-yil 1-iyulda uni ishg‘ol qildi. Bunga javoban nasroniylar katta qo‘shin bilan hujumga o‘tdilar. 4-iyulda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda nasroniylar 20.000 jangchi bilan qatnashgan bo‘lsa, Salohuddin askarlari soni ancha ko‘p edi. U raqiblari ustiga shunday vajohat bilan yopirildiki, natijada ular to‘da-to‘da bo‘lib qochib qoldilar. Sulton Quddusning qo‘lga tushgan qiroli Gay Lusaynanskiyga haqiqiy qirollarga xos iltifot ko‘rsatdi. Biroq chatillonlik Rejinaldga nisbatan nasroniy zodagonlardan chiqqan xoin sifatida juda qattiq munosabatda bo‘ldi. Sababi Rejinald Salohuddinga bergan so‘zi ustidan chiqmasdan, musulmonlar bilan yomon muomala qilar, ziyoratchilar karvonlarini talab, aybsiz va bechora kishilarga zulm o‘tkazar edi. Salohuddin shaxsan o‘zi uning boshini tanasidan judo qilishga bergan va’dasini bajardi. Salohuddin Askal, Akka, Sidonni egallaydi. U Quddusga hujum qilib, yuz yildan beri nasroniylar tasarrufida bo‘lib kelayotgan bu shaharni ham bosib oldi. Gotfret Bulonskiydan farqli ravishda u hech kimni qatl ettirmadi.
1187-yilning oxiriga kelib Salohuddin qo‘liga Quddus qirolligning deyarli barcha yerlari o‘tdi. Faqatgina mustahkam Tir shahri salibchilar qo‘lida qoldi. Quddusning qulashi Yevropda uchinchi salib yurishining (1189-1192) boshlanishiga sabab bo‘ldi. Unga Angliya qiroli Richard I Sheryurak, Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa, Fransiya qiroli Filipp II Avgust boshchilik qildi. Ushbu yurish o‘z maqsadiga erisha olmadi. Salibchilar faqatgina Falastinning dengiz buyida joylashgan Akka, Sidon va Beyrut hududlarini egalladi. Falastinning qolgan qismi Quddus bilan musulmonlar qo‘lida qoldi. Musulmonlar g‘alabasi tufayli Richard I Sheryurak Salohuddin bilan Ramle sulxi imzolaydi. Unga ko‘ra, Turdan- Yaffagacha bo‘lgan dengiz bo‘yi hududlari salibchilarga berildi, G‘arbiy Yuevropalik ziyoratchilarning Quddusga erkin kelishi kelishib olinadi.
Shu tariqa Salohuddin qisqa vaqt Misr, Hijoz, Falastin, Suriya va Yuqori Mesopotamiyani birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Nil irrigatsiya tizimi yaxshilanganligi hamda dehqonchilikning rivoji Misrning iqtisodiy hayotini ham jonlantirdi. Tashiq savdo rivoj topdi. Ayyub sultonlari G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. 1193-yilda Salohuddin Damashqda bezgak kasalligidan o‘ldi. U o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlati butunligini ta’minlash maqsadida o‘z davlatini hayotlik paytidayoq to‘rtga bo‘lib bergandi. Vasiyatiga ko‘ra
davlat yerlari uning o‘g‘illari o‘rtasida bo‘lindi. Katta o‘g‘li Afzalga Damashq, Azizga Misr, Zohirga Xalab, ukasi Odilga Mesopatamiya yerlari berildi. Ammo 1196-yilda Damashqni Afzaldan Odil tortib oldi. Odil shuningdek 1201-yilda Azizning vorisi Mansurdan Qohirani ham olib qo‘ydi. Faqat Xalabni Zohir va uning vorislari mustaqilligini 1260-yilgacha saqlab qoldi. Shu tariqa parchalanib ketgan Salohuddin davlatini Odil bir qadar birlashtirdi. Ayyubiylarning avvalgi qudratini tikladi. Yuksak ma’lumotli bu hukmdor Yevropadagi ko‘plab davlatlar bilan elchilik va savdo aloqalarini bog‘lab turdi. U 26 yil (1192-1218 yillarda) hukm surib, Ayyubiylar nomi va shon-shuhratini ulug‘lab keldi. Odil davrida salibchilar tomonidan to‘rtinchi salib yurishi tayyorlandi. Ammo bu salib yurishi Enrike Dandalo tomonidan Vizantiyaga burub yuborildi. Undan keyin taxtga o‘tirgan o‘g‘li Komil ham davlatni yaxshi boshqardi. Lekin Komildan so‘ng ayyubiylar o‘zaro nizolar sabab asta-sekin holdan toydi. Natijada Salohuddin vafotidan 40 yil o‘tgach, nasroniylar o‘z vaqtida boy berilgan ko‘pgina shaharlarni qaytarib olishga erishdi.
Misrni boshqargan Ayyubiylarning keyingi hukmdorlari ham o‘zlarining qudratini saqlab keldi. 1250-yilda Damettada salibchilar qo‘shini ustidan qilingan g‘alaba buni misoli edi. Jangda Lyudovik IX ham asir tushib, faqat katta to‘lov evaziga ozod qilinadi. Salib yurishidan ko‘p o‘tmay, As-Solih (1240-1249) vafot etdi, uning iste’dodli bevasi, malika Shajar ad-Dur o‘g‘li Turonshoh Eronga sayohatidan qaytib kelguniga qadar davlatni boshqarib turdi. Turonshoh kelgach, rahbarlikni unga ishonib topshirdi. Turonshoh o‘z mavqyeini saqlab qolish uchun ko‘p xarakat qildi, lekin podshohning turk qullaridan tashkil topgan mamluklar deb atalmish soqchilari unga nisbatan ancha kuchli edilar. Ko‘p o‘tmay, soqchilar boshqa talaygina musulmon hukmdorlarga nisbatan ishlatgan usullarini Salohuddinning nochor vorisiga ham qarshi qo‘lladi. Turonshoh o‘ldirilib, Shajar ad-Dur muvaqqat hokim qilib tayinlandi. Aslida uning nomidan davlatni mamluklar rahnomasi Oybak boshqarardi. Tez orada mamluklar butun ayyubiylar imperiyasi ustidan hukmronlikni ochiq-oshkora o‘z qo‘llariga oldilar.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling