Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari


Download 222.12 Kb.
bet52/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari


XIII asrning 20-40 yillarida mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari xudud uchun (mo‘g‘ullarning boshqa yerlaridagi bosqinchiligi singari) asoratli oqibatlarga olib keldi. Chingizxon tomonidan O‘rta Osiyodan turib yo‘llangan Jebe va Subudey boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston hududlaridan o‘tib, Shimoliy Kavkaz hududlarida paydo bo‘ldi. Bu yerda mo‘g‘ullar mahalliy aholi bo‘lgan alanlar (osetin) va ko‘chmanchi chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qipchoqlar qarshiligiga duch kelib, ular o‘rtasidagi ittifoqni xiyla bilan tarqatib, har birini alohida- alohida yengadi. Shundan so‘ng mo‘g‘ullar Azov dengiziga qo‘yiluvchi Kalka daryosi bo‘yiga yetib keldilar va bu yerda 1223-yil 31-mayda ruslar qaqshatqich mag‘lubiyati bilan tugagan mashhur Kalka jangi sodir bo‘ldi.
1227-yilda Chingizxon vafot etgach, ulug‘ xon qilib O‘qtoy saylandi. Shu yili va 1229-yili mo‘g‘ul harbiy boshliqlari qurultoylarda uyushtirilajak yangi harbiy yurishlar rejasi ishlab chiqildi. Ana shu yurishlar rejasiga muvofiq, 1229-yilda Ulug‘ xon Ko‘kday va Subedey boshchiligida 30 ming otliq askardan iborat mo‘g‘ul qo‘shinlarini Kaspiybo‘yi dashtlarini (qipchoqlar, sansinlar, bulgaldar yerlarini) egallash uchun yubordi.
1232-yilda mo‘g‘ullar Bulgariyaga yana yurish boshlaydi. 1235-yilgi qurultoy mo‘g‘ullarning keyingi yurishlariga muhim turtki berdi. Unda hali bo‘ysundirilmagan bulgarlar va Rus yerlariga Botuxon boshchiligida qo‘shin yuborishga qaror qilindi va ulus qo‘shinlaridan askarlar to‘plab berildi.
1236-yilning oxirlarida Volga Bulgariyasigacha yetib kelgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bu yerdagi bosh shahar-Bulgarni va bir qancha yirik shaharlarni egallab, vayron qildilar. Bulgarlardan tashqari Volgabo‘yi va Kamabo‘yi hududi aholisi bo‘lgan boshqirlar, mordvlar, burtaslar, sansinlarni ham mo‘g‘ullarga bo‘ysintirildilar.
Shundan keyingina mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari boshlandi. Avval boshda yuqoridagi hudularni egallanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishlovni shu yerda o‘tkazish bo‘lgan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari Rus yerlari chegarasida 4 qismga bo‘lingan. Bir qism qo‘shin Itil daryosi bo‘yidan, Rusga sharqiy tarafdan kirib, Suzdalga qarab yurgan. Janubga tomon xarakat qilgan qo‘shin bo‘lsa, Ryazanga hujum uyushtirgan. Uchinchi qism qo‘shinlari Don daryosi qarshisiga Varonej qal’asi yaqiniga kelib joylashganlar.
Asosan Rus yilnomalaridagi ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, mo‘g‘ullar Rus yerlaridagi dastlabki zarbasiga Ryazan yerlari duchor bo‘lgan. 1237-yilning 21-dekabrida olti kunlik qamaldan so‘ng markaz Ryazan shahri taslim qildi.
Ryazandan mo‘g‘ul qo‘shinlari Oka bo‘ylab yuqoriga yo‘nalib, Kolomnaga yetib keldi. Kolomnadan so‘ng Moskvaga kelgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bir necha kunlik qamaldan so‘ng shaharni qo‘lga kiritib, o‘t qo‘ydilar
Endi mo‘g‘ullar uchun Vladimirga boradigan yo‘l ochildi. 1238-yilning 7-fevral kuni Vladimir taslim bo‘ldi. Shundan so‘ng mo‘g‘ullar knyazlikning boshqa shaharlarini: Rostov, Uglich, Yaroslavl, Yuryev, Polskiy, Konyatin, Tver, Torjok va boshqalarni birin-ketin bosib oldilar.
5-mart kuni Novgorodga ketadigan yo‘l ustida joylashgan Torjok egallangach, mo‘g‘ullar Novgorod tomon yurish boshlaydilar. Taxminan shahargacha 100 verst qolganda mo‘g‘ullar orqaga qaytib ketadi. Tarixiy adabiyotlarda orqaga ketish to‘g‘risida turlicha talqinlar mavjud: kunlar isishi natijasida muzlar erib, loygarchilik kuchayishi bir sabab deb ko‘rsatilsa, yana birida Novgorodga yurish Botu rejasida yo‘q edi deb keltiriladi.
1239-yil bahoridan mo‘g‘ullarning yana janubga yurishi boshlandi. Avval Pereyaslavl, kuzda Chernigov egallanib, yil oxirida Botu qo‘shinlari Qrimgacha yetib bordi.
1240-yilning oxirida Kiyev egallangach mo‘g‘ullar Galich-Volin yerlari tomon yurish boshlaydi. Navbati bilan Kolodyajin, Kamenes va Izyaslavl shaharlarini egallagan mo‘g‘ullar Kremens va Danilova shaharlarini mustahkam mudofaaga ega bo‘lganligi uchun qo‘lga kirita olmaydilar.
Mo‘g‘ullarning Rusga hujumidan so‘ng Rus yerlari Botu tuzgan Oltin O‘rda davlatiga qaram bo‘lib qoladi. Bu davlatning poytaxti Saroy Botu (Volga quyi oqimida) keyinroq Saroy-Berka (Volga bo‘ylab Saroy-Botudan bir oz yuqoriroqda) bo‘lgan.
Aytish kerakki, egallangan Rus yerlari bevosita Oltin O‘rda tarkibiga kiritilmadi. Oltin O‘rda xonlari doimo Rus knyazlarini o‘zining vassali deb xisoblashar, shu yo‘l orqali ulardan xiroj undirib turgan. Knyazlarning mo‘g‘ul xonlariga qaramligi shundan iborat ediki, «buyuk rus knyazi» «xon yorlig‘i» bilan taxtga o‘tira olgan. Boshqa knyazlar ham shu yo‘sinda taxtga o‘tqazilgan.
Aholidan to‘plangan soliqni rus knyazlari otkup tarzida xon xazinasiga yetkazganlar. Soliq to‘lash ishlarini va rus knyazlari faoliyatini mo‘g‘ullardan
bo‘lgan harbiy lashkarboshilar-bosqoqlar nazorat qilib turgan. Harbiy bosqoq tashkilotining vazifasi aholi tomonidan tobelikni ta’minlash, shu bilan birga soliq tushumlarini nazorat qilish bo‘lgan. Vladimir shaxrida bo‘lgan Amragan ismli bosqoq «ulug‘» bosqoq bo‘lib, aftidan boshqa shahar bosqoqlari unga bo‘ysunishgan.
Ulug‘ xon Munka (1251-1259) zamonidan boshlab mo‘g‘ullarning rus yerlaridagi soliq ishlari siyosati tashkiliy ko‘rinish ola biladi. 1253-yilda
«Munkaxon Rus aholisini xisob-kitob qilish uchun Bisik-Berkani yuborgan. 1257-yilda yana shunday ishni amalga oshirildi.
XIII asr o‘rtalaridan e’tiboran mo‘g‘ullarning Rus yerlariga kelib o‘z o‘rdalarini tiklay boshlaydi. 1259-yilda mo‘g‘ul lashkarboshisi Burunday Galich yerlariga yana hujum qilib, hudud knyazlarini tobelikka tushiradi. Bunday holatlar Oltin O‘rdaning keyingi xonlari davrida ham davom ettirilavergan. Birgina XIII asr oxirgi chegarasida mo‘g‘ullar Rusga 15 marta harbiy yurishlar uyushtirdi.
Mo‘g‘ullarning boshqa hududlarga hujumi singari Rus yerlariga uyushtirilgan yurishi va uning natijasi og‘ir oqibatlarga olib keldi. Botuning yurishi XIII-XIV asrlar davomida mo‘g‘ullar Rusga uyushtirgan harbiy bosqinchilik zanjirining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘ldi. Yilnoma va boshqa tarixiy manbalarda keltirilishicha, mo‘g‘ullar Rus yerlariga yurishlar bilan cheklanib qolmagan, turli vaj va bahonalar bilan rus knyazlari orasiga ixtilof solgan ayrim knyazlarni xon qarorgohiga chaqirib, turli yo‘llar bilan o‘ldirganlar.
Rusda o‘z hukmronligini mo‘g‘ul xonlari ushlab turishda yana ayrim ijtimoiy qatlamlarga turli xil imtiyoz va sovg‘alar berib, o‘z tomoniga og‘dirish evaziga ham erishganlar. Mo‘g‘ullarning Rusdagi hukmronligi salkam ikki yarim asr davom etgan uzoq muddatli va tanaffussiz jarayon bo‘ldi. Ko‘pchilik rus tarixchilari uzoq muddat davomida rus xalqining mo‘g‘ullarga tobe bo‘lganligi, ularning o‘sha vaqtda Yevropa ko‘rinishidagi rivojlanishidan, madaniyatning o‘sishidan to‘xtatib qolgan omil deb xisoblashadi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling