Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga yurishi


Download 222.12 Kb.
bet51/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga yurishi


Chingizxon boshliq yagona mo‘g‘ul davlatining Xorazmshohlar davlatiga hujumi ularning keyingi bosqinchilik yurishlari ichida muhim o‘rin tutadi. Mo‘g‘ullarning hujumi qaratilgan O‘rta Osiyoning asosiy qismida hukmronlik qilayotgan Xorazmshohlar davlatining hozirgi hududi Afg‘oniston va Eronning katta qismini to‘lig‘icha qamrab olgan bo‘lib, chegarasining shimoliy tarafi Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘igacha, sharqda Pomir va Sulaymon tog‘laridan g‘arbda Zagras tog‘larigacha yetar edi. U turli xalq va elatlarni o‘zida birlashtirgan markazi Xorazm (Gurganch) bo‘lgan konglomerat davlat edi. Xorazmshohlar poytaxti bo‘lgan Urganch (Gurganj) O‘rta Osiyoga Eronni, Sharqiy Yevropani (asosan Kiyev Rusi), hozirgi Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘ulistonni bog‘lovchi qulay savdo markaziga aylana oldi.
Chingizxon va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi aloqlar dastlab savdo elchiliklari ko‘rinishida amalga oshgan. Bu qadamni birinchi bo‘lib Muhammad Xorazmshoh tashladi, u Chingizxon huzuriga savdo karvoni tarkibida elchilik yubordi. Bu elchilikka javoban Chingizxon Xorazmshoh
huzuriga Mahmud Xorazmiy (Yalavoch ya’ni «elchi» O‘qtoy zamonida mo‘g‘ullarning Movorounnahrdagi mulkiga hokim qilingan. Keyinchalik Qoraqurumda faoliyat olib borgan), Ali Xo‘ja Buxoriy va Yusuf O‘troriylar boshchiligida o‘z elchilarini yubordi.
O‘tror fojeasi. Mahmud Yalavoch boshliq elchilar qaytishi bilan Chingizxon O‘rta Osiyoga yana savdo karvonini yuboradi. Ma’lumki, bu savdo karvoni to‘lig‘icha O‘tror hokimi G‘ayirxon Inalchuk (Yanalchuk) tomonidan talon-taroj qilinadi. Faqat bir kishi bu qirg‘indan omon qolib, Chingizxon huzurigacha yetib boradi va voqyealardan voqif etadi.
O‘tror fojeasidan xabar topgan Chingizxon ibn Kafroj Bug‘ro va ikki mo‘g‘ul hamrohligida Xorazmshohga Inalxonni topshirish to‘g‘risida yana elchilar yubordi. Shubhasizki, Muhammad Xorazmshoh Chingizxon talabini bajara olmas edi. Shu boisdan ham Inalxonni topshirishga qo‘li yetmaydigan Xorazmshoh elchini o‘ldirib, ikki hamrohining soqol-mo‘ylovini oldirtirib, ortiga qaytarib yuboradi.
1219-yilning yozini Irtish bo‘yida o‘tkazgan Chingizxon O‘rta Osiyoga yurishga puxta tayyorgarlik ko‘radi. O‘tror yaqinida Chingizxon o‘z qo‘shinlarini yurish yo‘nalishi bo‘yicha taqsimlaydi: bir qism qo‘shinga Chig‘atoy va O‘qtoyni boshliq qilib, O‘trorni egallash torshiriladi; Jo‘ji boshliq ikkinchi qism qo‘shinlariga Sirdaryoning qo‘yi oqimidagi shaharlarni (Jandni) egallash buyuriladi; Alak-noyon boshliq qo‘shin bo‘lsa Sirdaryoning yuqori oqimidagi shaharlarni (Binokatni) egallashi kerak edi. Chingizxon va kenja o‘g‘li Tuluy boshliq qo‘shin Buxoroga qarab yo‘nalish oldi. Besh oylik qamaldan so‘ng O‘tror shaxri mo‘g‘ullar tomonidan egallandi (1220-yil fevral).
1220-yil mayiga kelib, O‘rta Osiyoning Amudaryogacha bo‘lgan hududlarning deyarli barchasi mo‘g‘ullar tasarrufiga o‘tdi.
Urganchning egallanishi bilan O‘rta Osiyodagi mo‘g‘ullarning harbiy xarakatlari tugadi. 1220-1221-yillardagi qishlovni Chingizxon Samarqandning janubida o‘tkazdi. Shu yerdan turib u Urganchni egallashga qo‘shin yuborgan edi. 1221-yilning oxirida Chingizxonning o‘zi Balxni egalladi va Tolikonga yaqinlashdi. Bevosita Chingizxon ishtirokidagi mo‘g‘ullarning harbiy yurishlari 1221-1222-yillarda Xuroson, hozirgi Afg‘oniston hududlarida davom etdi. 1222-yilda Samarqandga qaytib kelgan Chingizxon bu yerda 1224-yil bahorigacha qoldi.

Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling