Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari


Download 222.12 Kb.
bet53/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari


Botuxonning Rus yerlariga hujumidan so‘ng harbiy yurish yo‘nalishi Yevropaga qaratildi. 1241- yildan boshlab mo‘g‘ullarning Yevropa sarhadlariga (Rus yerlaridan keyin) harbiy yurishlari boshlandi. Botuxon
Yevropaga yurish uchun an’anaviy ko‘chmanchilar yo‘lini tanladi, ya’ni Vengriya hududida – mintaqa markazida u o‘z hukmronligi uchun tayanch (opora) istehkomini qurishni maqsad qilgan edi. Shu boisdan ham u asosiy kuchlari bilan Vengriyaga yo‘l olgan bir paytda, qolgan kuchlarni Polsha, Chexiya, Bolgariya tarafdan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘sha hududlarga yo‘naltirilgan edi.
Mo‘g‘ullarning hujumiga birinchi bo‘lib Polsha duchor bo‘ldi. 1241- yilning yanvarida mo‘g‘ullar Vislaga yurish qilib, Lyublin va Zavixostni egallaydilar. Yana bir guruh mo‘g‘ul qo‘shinlari Rasibujagacha yetib bordi. Shu yilning fevralida mo‘g‘ullar Tur shahri yaqinida Kichik Polsha risarlariga zarba berib, Vislaning asosiy tayanch nuqtasi bo‘lgan Sandomirni vayron qildilar.

  1. martda Krakov egallangan Baydar va Kayduning birlashgan kuchlari aprel boshida Shlensk poytaxti Voroslavga tomon xarakat boshladilar. Kichik Polshadagi ahvol Polshaning qolgan hududlarini birlashib xarakat qilishga majbur etdi. Voyevod Sulislav Meshkova, Shlensk knyazi Genrix rahbarligida turli xudud harbiylarni birlashtirgan qo‘shin tuzildi. Bu birlashgan qo‘shin tarkibida xorij risarlaridan iborat otryad ham bor edi. Voroslav shahrini mo‘g‘ullar qamal qilgach, Genrix qamal holatida mo‘g‘ullarni yengib bo‘lmasligini tushunadi va o‘z «baxtini» ochiq jangda sinashga qaror qildi. 9-aprel kuni chex qo‘shinlariga qo‘shilish maqsadida yo‘lga chiqqan qo‘shin Legnisa yaqinida mo‘g‘ullar tomonidan tor-mor qilindi. Jangning ayni qizigan vaqtida chex qo‘shinlari bu yerga bir kunlik masofada edilar.

1241-yilning yanvarida Botu boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlarining asosiy qismi Vengriyaga «Rus darvozasi» - Veres dovoni orqali kirib kela boshladilar. Qo‘shinning bir qismi Transilvaniya tomon xarakat qilib, Vengriyani Bolgariyadan ajratib qo‘yish kerak edi. Yana bir qism mo‘g‘ul qo‘shinlari Moldoviyaga yurish qilib, u yerni egallaydi, bu bilan shu xududda qisqa muddat faoliyat ko‘rsatgan qipchoq yepiskopligi ham tugaydi.
Vengriya qiroli Bela IV Peshtda turli shaharlardan qo‘shin to‘plab, 60 ming kishilik askarlar bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish uchun shaharni tark etadi. Shunday katta kuch bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish arafasida qirolga dushman kayfiyatida bo‘lganlarning o‘z vazifalarini «sidqidildan» bajarmasliklari oqibatida 1241-yil 11-aprelda (Legnisa jangidan 2 kun o‘tgach) vengrlar Shayo yaqinida mag‘lubiyatga uchradi. Pesht mo‘g‘ullar tomonidan egallanib vayron qilindi, aholisi qilichdan o‘tkazildi.
Kadan boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlari bo‘lsa qator janglardan so‘ng Varadin, Arat, Pereg, Yegres, Temeshvar, Dyulafexervar kabi punktlarni egalladilar.
1241-yilning aprelida mo‘g‘ullar qo‘shini Slovakiyaga hujum qildi. Ular G‘arbiy Slavakiyaga Polsha orqali, Moraviyaga Grozenkovskiy dovonlari orqali kirib kelib, shu yilning dekabrigacha Slovakiyani talon-taroj qildilar. Keyin ular Dunaydan o‘tib Botu qo‘shinlariga qo‘shildi. Sharqiy Chexiya hududlarida qisqa vaqt harbiy yurishlar uyushtirgan mo‘g‘ullar tezda ortga qaytadi. Chex qiroli Vaslav boshchiligidagi 40 ming kishilik qo‘shinga qarshi bormaydi va G‘arbga bo‘lgan yurishini shu yerda to‘xtatadi.
Mo‘g‘ullarning asosiy zarbasiga uchragan Vengriyada mo‘g‘ullarga qarshi oddiy xalq jasorat bilan kurashdi. Manbalarda, Chernxazda kurashgan dehqonlar otryadi haqida gap borib, unga Lanka Chiroyli ismli qiz boshliq bo‘lganligini, bu otryad mag‘lubiyatga uchratilgach u asirga tushishini xohlamay o‘zini o‘tkir qilich bilan o‘ldirganligi aytiladi. Bu vengr xalqining bosqinchilarga qarshi kurashidagi bir misol. Umuman vengrlar yerlarini egallashda mo‘g‘ullar juda katta talofat ko‘rdi. Plano Karpinining qayd etishicha, Guyukxon qarorgohida Vengriyada halok bo‘lganlarga atalgan maxsus maqbara (qabriston) bo‘lgan. Shu ma’lumotning o‘zi ham mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari katta yo‘qotishlar xisobiga bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Mo‘g‘ullarning Yevropadagi yurishlarining so‘nggi nuqtasi Adriatika sohiligacha borib yetdi. U yerda mo‘g‘ullar Zagrebni, yepiskoplik shaharlari bo‘lgan Svach, Drivasto, Katorralarni qo‘lga kiritdi. Kadan boshliq mo‘g‘ullarning oxirgi otryadlari 1242-yil baxoriga kelib orqa yo‘nalishga qaytdilar.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling